So’nggi yangiliklar

15:53ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  5 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  17 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  21 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3

“Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu Yangiliklar

“Nasaf” – “Buxoro”. Prevyu

Teglar :  NasafBuxoro
Mamlakatimiz futbol maydonlarida 9-10 sentyabr kunlari bo'lib o'tadigan milliy chempionatimizning 21-tur uchrashuvlari doirasida "Nasaf" o'z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 19:15da boshlanadi.
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o'zaro 37 marta kuch sinashganlar. O'zaro bo'lib o'tgan  uchrashuvlarning 19 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 9 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g'alabaga erishgan.
 
To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida 64-37. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g'alabaga erishgan.
 
Qarshidagi uchrashuvlar
Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida Qarshida o'zaro 18 marta kuch sinashganlar. Qarshida bo'lgan uchrashuvlarning 12tasida jamoamiz g'alaba nashidasini surgan. Qolgan 6 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. “Buxoro” jamoasi hozirgacha Qarshida o'tgan o'zaro uchrashuvlarda umuman “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchrata olmagan.
 
Jamoalarning turnir jadvalidagi holati
“Nasaf” jamoasi joriy chempionatda 20ta uchrashuv o'tkazib, 43 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. “Buxoro” jamoasi ham 20ta uchrashuv o'tkazib, 36 ochko to'plagan. Ular turnir jadvalining 5-pog'onasini band etib turishibdi. Jamoamiz ikkinchi davradagi o'tgan 5 uchrashuvda ham g'alabaga erishgan. “Buxoro” jamoasi esa 4 uchrashuvda g'alaba va 1 uchrashuvda durangga erishgan.
 
O'zaro uchrashuvlar haqida yana malumotlar
O'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchimiz Aleksandr Beynarovich ishg'ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo'lib o'tgan va jamoamiz raqiblarini 3:0 hisobida mag'lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda jamoamiz safida to'p tepgan. So'nggi marta chempionat doirasida  “Buxoro” darvozasiga gol  urgan hujumchimiz esa Azamat Allaniyozov bo'lib turibdi.
 
Ayni paytda klubimizda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro'ziqul Berdiev, SHuhrat Toshpo'latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o'zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.
 
Bu yilgi chempionatning birinchi davrasidagi 24 aprelda Buxoroda bo'lib o'tgan 6-tur uchrashuvida “Nasaf” jamoasi “Buxoro”ni 2:0 hisobida taslim etgan edi. Uchrashuvdagi gollarga SHerzod Azamov va Azamat Allaniyozovlar mualliflik qilishgan.
 
Bo'lajak uchrashuv hakamlari haqida
 
O'zPFL 21-tur. 09.09.2016 y.
“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro)
Qarshi sh., “Markaziy” stadion. Soat 19:15da
 
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: Gali Imamov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Bobur Haydarov.
 
Ravshan Ermatov bu yilgi chempionatda bungacha jamoamiz ishtirokidagi bitta “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvini boshqargan. Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami sifatida etirofga sazovor bo'lgan, FIFA hakami Ravshan Ermatov joriy chempionatda ilk marta Qarshidagi uchrashuvni boshqaradi.
 
Bo'lajak uchrashuvning boshlanish vaqti
 
9 sentyabr juma kuni Qarshida bo'ladigan “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.
 
Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv 8 sentyabr kuni Sputnik qo'rg'onidagi yoshlarimiz qarorgohida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика