“Nasaf” bugun to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi+foto
18 iyu 2015 13:43
Yangiliklar
“Nasaf” bugun to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi+foto
Xabaringiz bor, ertaga “Nasaf” futbolchilari Oliy liga doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
Bugun kunduzgi mashg'ulotni “Nasaf” futbolchilari uchrashuv o'tadigan “Markaziy” stadionda o'tkazishdi.
Milliy terma jamoa yig'inidan qaytib kelgan Suyunov, Sayfiev, Muhammadiev va Gadoev ham bugungi mashg'ulotlarda to'liq kuch bilan ishlashdi. SHuningdek, Turkmaniston termasidan chaqiruv olgan va Eron termasiga qarshi o'yindan ishtirok etib qaytgan jamoamiz sardori Artur Gevorkyan ham bugungi mashg'ulotlarda astoydil ter to'kdi.
Quvonarli tomoni, “Bunyodkor”ga qarshi o'yindan ilgari kichik jarohat olib, malum muddat safdan chiqqan sloveniyalik himoyachimiz Rok Roy ham asosiy tarkib azolari bilan mashg'ulot o'tkazdi. Ikkinchi davrada safga qaytishi kutilayotgan hujumchimiz Azamat Allaniyazov esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilnur Sibagatulin bilan shug'ullandi.
Bugungi mashg'ulotlardan fotojamlanmani quyidagi manzil orqali tomosha qilishingiz mumkin.

championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar