Nasaf bugun Tojikiston klubiga qarshi o'ynaydi
24 jan 2020 12:02
Yangiliklar
Nasaf bugun Tojikiston klubiga qarshi o'ynaydi
Xabaringiz bor, "Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshida o'z qarorgohida olib bormoqda.
«Nasaf» qishki o'quv-mashg'ulotlari yig'ini doirasida bugun ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib qo'shni Tojikiston davlatining «Regarr-TadAZ» jamoasi bo'ladi. Uchrashuv bugun, 24 yanvar kuni «Mehnatchi» stadionda 15:00 da boshlanadi.
Malumot uchun, «Regar-TadAZ» jamoasi 2019 yilgi mavsumda Tojikiston chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritgan.
«Regar-TadAZ» jamoasining qo'lga kiritgan yutuqlari:
Tojikiston chempioni (7): 2001, 2002, 2003, 2004, 2006, 2007, 2008.
Tojikiston chempionatining kumush medali sovrindori (7): 1992, 2000, 2005, 2009, 2010, 2011, 2012.
Tojikiston chempionatining bronza medali sovrindori (2): 2016,2019.
Tojikiston kubogi sohibi (6): 2000/01, 2001/02, 2005, 2006, 2011, 2012.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar