So’nggi yangiliklar

14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  0 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  39 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4

“Nasaf” bugun chempionatdagi ishtirokini boshlaydi Yangiliklar

“Nasaf” bugun chempionatdagi ishtirokini boshlaydi

Teglar :  NasafSHo'rtan
Mamlakatimiz chempionati ham start oldi. Oliy ligada ishtirok etayotgan 16 jamoa kechadan o'zaro bahslarni boshlashdi.

Bugun “Markaziy” stadionimizda rasman XXV O'zbekiston milliy chempionati boshlanadi. Dastlabki tur doirasidagi uchrashuvda jamoamiz G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
 
Bu yilda bo'lib o'tgan O'zbekiston Superkubogida va OCHL 2-turida g'alaba qozongan jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarga qiziqish borgan sari ortib bormoqda.
 
Bugungi uchrashuv shuningdek “voha derbisi” maqomiga ham ega.
 
“SHo'rtan” jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuvlar doimo keskin va murosasiz kechgan. Bugungi uchrashuvning qiziqarli yana bir tomoni shundaki, jamoamiz safida ilk marta maydonga tushadigan o'yinchilar ham bor, bunga chernogoriyalik legioner – Deyan Bolevichni misol keltirish mumkin.
 
Yana bir qiziqarli fakt, muqaddam jamoamiz safida to'p surgan Botir Qoraev va Kenja To'raevlar “SHo'rtan” safida o'zlarining sobiq jamoasiga qarshi o'ynashlari mumkin.
 
Xullas, muxlislarni bugun yana bir qiziqarli uchrashuv kutmoqda. “Markaziy” stadion muxlislarga muntazir. O'yin uchun hammasi tayyor.
 
Muxlislarga yana bir marta eslatib o'tamiz,  uchrashuvga chiqarilgan chiptalar stadion qoshidagi kassalarda sotuvi davom etmoqda.
 
Barcha futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionimizga chorlab qolamiz. Stadionimizga marhamat qiling, chiroyli futbol spektaklini tomosha qilib, miriqib dam oling.
 
O'zPFL 1-tur. 6 mart 2016 y.
“Nasaf” (Qarshi) – “SHo'rtan” (G'uzor)
Qarshi sh. “Markaziy” stadioni, 17:00da
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev (Toshkent)
Qanot hakamlari:  O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent),
Zaxira hakami: D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi:  A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFLvakili:  SH.Rajabov


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика