So’nggi yangiliklar

21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  1 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  10 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4

“Nasaf” boshqa bir “Ahli” bilan bellashadi Yangiliklar

“Nasaf” boshqa bir “Ahli” bilan bellashadi

Qarshining “Nasaf” jamoasi uchinchi turda yana bir “Al Ahli” mehmoni bo'ladi. Faqat bu safar BAAning Dubay amirligi klubi maydoniga safar uyushtiradi.
Dastlabki ikki turda bir ochko jamg'argan dubayliklar uchun mazkur bellashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

“AL AHLI” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“Fursan”, “qizil jangchilar”
Tashkil topgan yili: 1970
Stadioni: “Rashid”, 25 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Boshqaruvchisi: Abdulloh Said Alnaboda
Bosh murabbiyi: Kosmin Olariu (Ruminiya)
Erishgan yutuqlari: 6 karra BAA chempioni (1974–75, 1975–76, 1979–80, 2005–06, 2008–09, 2013–14), 8 marta BAA Prezidenti Kubogi sohibi (1974–75, 1976–77, 1977–78, 1995–96, 2001–02, 2003–04, 2007–08, 2012–13), Etisalat Emireyts Kubogi sohibi  (2011–12, 2013–14), BAA Superkubogi sohibi (2009, 2013).



“Al Ahli” Dubay amirligi sharafini himoya qiluvchi sport klubi hisoblanadi. U 1970 yilda tashkil etilgan. O'sha paytda “Al Vahda” va “Al SHabab” jamoalarining birlashishi natijasida “Ahli” yuzaga kelgan. 4 yil keyin “Al Najah” ham “Al Ahli” bilan birlashgan. SHu tariqa uch jamoaning bittaga aylanishi tufayli bizning tilda “milliy” degan manoni bildiradigan klub tashkil topgan.

Bosh murabbiy Kosmin Olariu 2007 yildan buyon arab jamoalarida faoliyat olib bormoqda. “Al Hilol”, “Al Sadd”, “Al Ayn” va “Al Ahli” singari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAning eng kuchli klublarida ishlagan. O'tgan yillar mobaynida 10ga yaqin sovrinlarni qo'lga kiritdi. BAAda so'nggi 3 mavsumda Olariu boshqargan jamoalar chempionga aylangan. Faqat joriy mavsumda uning jamoasi chempionlik uchun kurashdan chetga chiqqan. Qishda u Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasini Osiyo Kubogida boshqardi va uning jamoasi guruh bosqichida terma jamoamizga yutqazdi.



Kosmin OLARIU
Tug'ilgan sanasi:
10.06.1969
Tug'ilgan joyi: Buxarest, Ruminiya.
Futbolchilikdagi poziciyasi: markaziy himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1989–1990 “Gloriya”, 1990–1991 MEKON, 1991–1992   “Girueta”, 1992–1995 “Nacional”, 1995–1997 “Krayova”, 1997–2000 “Suvon Blyuingiz”, 2000 “JEF Yunayted”.
Boshqargan jamoalari: 2000–2002 “Nacional”, 2002 “Styaua”, 2002–2005 “Nacional”, 2005 “Timishoara”, 2006–2007 “Styaua”, 2007–2009 “Al Hilol”, 2009–2010 “Al Sadd”, 2011–2013 “Al Ayn”, 2013-14 “Al Ahli”, 2014 yil dekabrdan Saudiya Arabistoni terma jamoasida.
Sovrinlari: Koreya chempioni-1998, 1999, Koreya ligasi Kubogi sohibi-1999, 2000, Ruminiya chempioni-2005–06, Saudiya Arabistoni chempioni-2007–08, Saudiya shahzodasi Kubogi sohibi-2007–08, 2008–09, Qatar Kubogi sohibi-2010, BAA chempioni-2011–12, 2012–13, 2013–14.



Jamoada 8 nafar BAA terma jamoasiga nomzod o'yinchilar bor. Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Haykal, Abdulaziz Sanqur, Habib Fardan, Ismoil Hammadi, Majid Hassan va Ahmad Halil terma jamoaga jalb etiladi. Legionerlardan koreyalik Kvon Kyun Von, gollandiyalik Ossama Assaidi, falastinlik Luis Ximenes va braziliyalik Everton Ribeyro mavjud. Assaidi aslida Marokash, Ximenes CHilida tug'ilgan. Biroq ular ikkinchi fuqarolikka ham ega. Assaidi, Ximenes va Ribeyro hujum chizig'ida katta faollik ko'rsatadi.

Halil esa ularni yakunlashda yaxshi harakat qiladi. Everton uchun Evropaning bir qator grand klublari ham kurash olib borishgandi. Yakunda “Ahli” uni “Kruzeyro”dan katta mablag' sarflab, sotib oldi. Aynan ushbu futbolchilar jamoaning asosiy tayanch o'yinchilari sanaladi.



Darvozabonlar
1. Ahmad Braik
12. Ahmad Mahmud
33. Saif Yusuf
55. Majid Nosir

Himoyachilar
2. Salmin  Hamis
5. Volid Abbos
26. Abdulaziz Haykal
28. Isa Ahmad
46. Abdulrahmon Yusuf
62. Abdulaziz Sanqur
77. Yusuf Said

Yarim himoyachilar
4. Habib Fardan
7. Ismoil Hammadi
8. Everton Ribeyro (Braziliya)
10. Luis Ximenes (Falastin)
14. Ossama Assaidi (Gollandiya)
19. Ali G'ulom
21. Kvon Kyun Von (Janubiy Koreya)
57. Muhammad Sebil
70. Volid Husayn
80. Humayd Abbos
88. Majid Hassan

Hujumchilar
11. Ahmad Halil
17. Volid Ambar
20. Said Blushi
92. Said Jassim


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика