So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  1 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

"Nasaf": Billur sovrin sari yurish Qarshidan boshlanadi Yangiliklar

"Nasaf": Billur sovrin sari yurish Qarshidan boshlanadi

Futbol muxlislaring xabari bor, joriy haftada O'zbekiston kubogining 1/16 final bosqichiga start beriladi.
Ketma-ket uch yildan buyon mamlakat kubogi bahslarida finalga qadar etib borgan “ajdarlar” ushbu mavsumda billur sovrin uchun kurashni 1/16 final bosqichidan davom ettirishadi. Ushbu bosqichda jamoamizga Toshkentning “Bunyodkor-2” jamoasi ro'baru keladi.

“Bunyodkor” jamoasi farm-klubi hisoblanadigan “Bunyodkor-2” jamoasiga Muhddin Ortiqov bosh murabbiylik qiladi. Ushbu jamoa mamlakat kubogining 1/32 final bosqichida hamshaharlari “Obod” jamoasi bilan kuch sinashib, 7:2 hisobida g'alabaga erishdi.

 O'zbekiston kubogi, 1/32 final.
Bunedkor-2 (Toshkent) – Obod (Toshkent) - 7:2.(2:2 – asosiy vaqt, 5:0 – qo'shimcha vaqt).
Hakamlar
: D. Dosanov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent), A. Asimov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
Gollar: D. Qahramonov (30), D. Ahmadaliev (75), D. Esonqulov (97, 102), E. Ravshanov (108), N. Mavlonov (111, 115, penalti) – D. Umarxonov (10, 53).
Ogohlantirishlar: SH. Tojiboev (19), I. Qobilov (62), M. Qahramonov (68), D. Esonqulov (101) – A. Abdurahmonov (25), D. Hasanov (31), G. Umirov (74), K. Nurmatov (114).
CHetlatish: D. Iskandarov (Obod, 60).


Agar “Nasaf” futbolchilari shanba kuni o'tkaziladigan uchrashuvda g'alabaga erishadigan bo'lishsa, kubokning 1/8 finaliga yo'llanmaga ega chiqishadi. 1/8 finalda esa  “SHerdor” – “Andijon” juftligi g'olibi “Nasaf” ga ro'baru bo'ladi. 1/8 final bellashuvlari ikki uchrashuvdan iborat. Dastlabki o'yinlar 11-12 may sanasiga belgilangan bo'lsa, javob o'yinlari 17-18 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'tgan yili mamlakat chempioni “Bunyodkor” va vice-chempion “Lokomotiv” jamolari esa kubok bahslariga chorak finaldan qo'shilishadi. O'zbekiston kubogi “setka”siga ko'ra, agar “Nasaf” chorak finaldan ham muvaffaqiyatli o'ta olsa, ular yarim finalda aynan “Bunyodkor” bilan to'qnash kelishlari mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика