“Nasaf” besh turdan buyon o'z darvozasi daxlsizligini saqlashga erishmoqda
27 sen 2020 08:10
Yangiliklar
“Nasaf” besh turdan buyon o'z darvozasi daxlsizligini saqlashga erishmoqda
Ikkinchi davra bellashuvlarini ko'tarinki ruhda boshlagan Berdiev shogirdlari so'nggi beshta uchrashuvda ilk bor raqib darvozasini ishg'ol eta olishmadi. SHu bilan birga Qarshi klubining himoya chizig'i besh turdan buyon raqib futbolchilariga gol urish imkonini bermay kelmoqda. So'nggi marta qarshiliklar 12-turda “Bunyodkor”ga (2:2) qarshi bellashuvda gol o'tkazishgandi. SHundan keyin ketma ket beshta (“Lokomotiv” -4:0, “Qizilqum” - 4:0, “Andijon” – 1:0, “Surxon” -5:0, “Navbahor”- 0:0) uchrashuvda voha klubi darvozasiga raqiblari yo'l topa olishmayapti.
Superliga 17-turidan keyin Berdiev shogirdlari 33 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi pog'onada bormoqda. “Nasaf” ayni paytda Superligada “Paxtakor”dan (9 ta gol) keyin eng kam gol o'tkazgan jamoa (15 gol) bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar