“Nasaf” Antaliyadagi yig'inning so'nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
31 jan 2024 09:01
Yangiliklar
“Nasaf” Antaliyadagi yig'inning so'nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
Jamoa Turkiyadagi yig'inning so'nggi kunida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
“Jamoamiz bugun Turkiyadagi yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab ertalabki bellashuvda jamoamiz yana bir Braziliya jamoasi bilan bellashdi. “Maua” jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Kunning ikkinchi yarmida jamoamiz Serbiyaning “Radnik” jamoasi bilan bellashdi. Ushbu bellashuvda hisob ochilmadi.
Antaliyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida jamoamiz o'nta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bugungi bellashuvlar bilan Antaliyadagi mashg'ulotlar o'z yakuniga etdi. Jamoamiz ertaga Antaliya-Toshkent yo'nalishi bo'yicha O'zbekistonga qaytishadi.
Jamoa 4 fevral kuni Qarshidagi qarorgohida yig'ilib, mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi”,-deyiladi “Nasaf” matbuot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar