So’nggi yangiliklar

16:14"Барселона" Левандовски борасида бир қарорга келди  0 15:50Тарихда илк бор ўзбекистонлик футбол мутахассислари ФИФА қўмитасига тайинланди  123 15:43Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 - Озарбайжон U18 баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 15:21Стивен Жеррард собиқ жамоасини бошқаришни истамади  0 14:54Юлиан Нагельсманн Виртцни мақтади  0 14:38Бруну Фернандеш: "Саудия Арабистонидан бўлган таклифни ўйлаб ҳам кўрмаганман"  1 14:21Андоррага қарши ўйинга 2 кун қолганида Сербия термаси бош мураббийи истеъфога чиқарилди  1 13:59Месси МЛСнинг яна бир рекордини ўрнатди  6 12:37Игорь Сергеев: "Уругвайни “иккинчи” таркиб деб ажратиш нотўғри”  7 11:59Роналду 2025 йилда Португалия терма жамоаси сафида учта пенальтидан иккитасини ура олмади. Терма жамоа бу ўйинларнинг барчасида ғалаба қозонди  13 11:15Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  13 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  2 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1

“Nasaf“ - “Navbahor“ uchrashuvida Kamoliddin Kenjaevga xonadon kaliti sovg'a qilinadi Yangiliklar

“Nasaf“ - “Navbahor“ uchrashuvida Kamoliddin Kenjaevga xonadon kaliti sovg'a qilinadi

Teglar :  Kamoliddin Kenjaev
2016 yil Aleksandr Geynrixning tashabbusi bilan #Kamoliddin24 akciyasi o'tkazilgan edi. O'shanda yig'ilgan summa, futbolchining salomatligi va bugun istiqomat qilib turgan xonadonining qurilish ishlariga ishlatilgan.

O'shanda deyarli barcha futbolchilar loyihada ishtirok etganlar. Kamoliddin Kenjaev “Nasaf“da o'ynab yurgan paytlari, o'ziga vada qilingan xonadon kalitini ololmaganligi haqida aytib o'tgandi. Yaqinda hamkasblarimiz bilan intervyuda shu mavzu yana ochildi. Bu safar O'FA vakillari jim qarab turmadilar, qolaversa viloyatning yangi hokimi Zoir Mirzaev ham bu haqda xabar topdi.

Kuni kecha Kamoliddin Kenjaevga ancha yillar vada qilingan xonadon bo'yicha yaxshi xabar eshitdik. Aytishlaricha, “Nasaf“ — “Navbahor“ uchrashuvi oldidan himoyachiga Qarshi shahridan xonadon sovg'a qilinadi. Bu haqda O'zbekiston futbol Associaciyasida faoliyat olib borayotgan Zikriyaev Rahmiddin saytimizga malum qildi.

“Ahvolni yaqindan borib ko'rdik. Xursand bo'lganimiz, uzoq yildan keyin farzandli bo'libdi. Viloyat hokimi Zoir Toirovich va “SHo'rtankimyo“ AJ raisi SHuhrat CHorievich, associaciyamiz rahbarlari, Abdusalom Abdumavlonovich va Ravshan Sayfuddinovichlarning say harakatlari bilan, bugun ukamiz xonadonlik bo'lyapti. SHu bilan birga “Nasaf“ jamoasi ham futbolchi uchun tayinlangan maoshni oshirishga vada qildi“, — deydi o'z vaqtida “Mashal“ jamoasida faoliyat olib borgan mutaxassis.


Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика