"Nasaf" - "Al Hidd". Uchrashuv chipatalari sotuvi bugun boshlanadi
28 jan 2017 11:16
Yangiliklar
"Nasaf" - "Al Hidd". Uchrashuv chipatalari sotuvi bugun boshlanadi
Yurtimizda yangi futbol mavsumini, “Nasaf” klubi boshlab beradi. Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida Baxraynning “Al-Hidd” jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida soat 16:00da boshlanadi.
Ushbu uchrashuv chiptalari bugun ertalabdan “Bunyodkor” stadioni chiptaxonalari orqali sotuvi boshlanadi.
CHiptalar narxi toifalarga binoan quyidagicha belgilangan:
Oddiy sektorlar – 15 000 so'mdan
CIP sektorlar – 30 000 so'mdan
VIP lojalar – 250 000 so'mdan
Stadion va sektorlar joylashuvi haqidagi to'liq malumotni “Bunyodkor” stadioni rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin. Stadion saytiga tashrif buyurish uchun havola: http://bunyodkor-stadium.uz/about-stadium
Barcha mamlakatimiz futbol ishqibozlarini uchrashuvga tashrif buyurib, “Nasaf” jamoasini qizg'in qo'llab-quvvatlashlariga chorlab qolamiz. Zero, “Nasaf” bu safar nafaqat klubimiz sharafini, balki yurtimiz shanini ham himoya qiladi.
“Nasaf” PFK marketing bo'limi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar