So’nggi yangiliklar

06:10"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 3:0 (Матнли трансляция)  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  128 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0

"Nasaf"dan gollar shodasi yoxud "ajdarlar" OCHL guruh bosqichiga chiqishdi Yangiliklar

"Nasaf"dan gollar shodasi yoxud "ajdarlar" OCHL guruh bosqichiga chiqishdi

Teglar :  NasafAl FaysaliOCHL
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahslari doirasidagi "Nasaf" - "Al Faysali" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


OCHL, pley-off bosqichi.

"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 5:1
Qarshi, "Markaziy" stadion. 30.01.2018.

Gollar: Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G'aniev (52), Dragan CHeran (61 penalti), Yosir Al Ravashdeh (86 avtogol) - Alban Meha 90+3.
Hakamlar: Xiryuki Kimura, Ochi SHinji, Takagi Takumi (hammasi Yaponiyadan), Nasrullo Kabirov (Tojikiston)
Nazoratchi: Ali Hamad Badaviy (BAA)
Uchrashuv komissari: Dorji Mindu (Butan)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 14.SHarof Muhitdinov - 7.Odiljon Hamrobekov (8.Sanjar Rashidov, 80), 6.Azizjon G'aniev (5.G'olib G'aybullaev, 76) - 20.Islom Kenjaboev, 69.Dragan CHeran, 77.Jasur Hasanov (17.Doniyor Narzullaev, 70) - 10.Bobur Abduxoliqov.

"Al Faysali": 12. Abulayla Yazeed, 7. Ahmad Yusuf (10.Mahdi Alameh, 77), 11.Oday Zahran, 13.Halil Beniatiya, 17.Salem Al Ajaylin, 19.Bani Yaseen, 25.Yosir Al Ravashdeh, 30.Dominik Mendi (16.Ahmad Navaf, 84), 37.Mahmud Almardi, 77.Alban Meha, 99.Lukash Gikievich.

Ogohlantirishlar: Halil Beniatiya (18), Oday Zahran 36, Slavko Lukich


Nasaf Qarshi

Igor Golban - 12', Bobur Abdikhalikov - 49', Azizjon Ganiev - 52', Dragan Ceran - 61', Yasser Al Rawashdeh - 87'

AFC Champions League Qualification . final-tur

30/01/2018, 16:00

1
:
5
Tugadi

Al-Faisaly

Alban Meha - 90'

45'
90'
12'  Igor Golban
49'  Bobur Abdikhalikov
52'  Azizjon Ganiev
61'  Dragan Ceran
87'  Yasser Al Rawashdeh
90'  Alban Meha


                                                                           YANGILASH




90+3. O'YIN TUGADI! "NASAF" OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi! 

90+3. GOL! Alban Mehaning jarimadan yo'llagan zarbasi golga aylandi - 5:1.  

90. Asosiy vaqtga 3 daqiqa qo'shildi

86. O'ng qanotdan Doniyor Narzullaev tomonidan uzatilgan to'pni Yosir Al Ravashdeh boshi bilan darvozaga yo'llab qo'ydi - 5:0.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AVTOGOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!

84. O'zgarish. Dominik Mendi o'rniga Ahmad Navaf tushdi

81. O'zgarish. Odiljon Hamrobekov o'rniga Sanjar Rashidov tushdi

77. O'zgarish. Ahmad Yusuf o'rniga Mahdi Alameh tushdi

76. O'zgarish. Azizjon G'aniev o'rniga G'olib G'aybullaev tushdi

71. Bugungi o'yinni ko'rish uchun "Markaziy" stadioniga 12843 tomoshabin keldi

70. O'zgarish. Jasur Hasanov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

65. ZARBAAAA! Mahmud Almardining zarbasini Quvvatov egallab oldi

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DRAGAN CHERAN!

61. PENALTI! Islom Kenjaboev penalti ishladi

52. Tezkor qarshi hujumdan so'ng yana bir Osiyo chempioni Azizjon G'aniev jarima maydoni tashqarisidan ajoyib gol urishga erishdi - 3:0. 

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZIZJOOOOOOOOOOOOOOOON G'ANIEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEV! 3:0

49. Jasur Hasanov burchakdan uzatgan to'pini Osiyo chempioni Bobur Abduxoliqov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:0. 

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BOBUUUUUUUUUUUUUR ABDUXOLIQOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOV!

47. ZARBA! Lukash Gikevich uzoqdan darvozaga zarba yo'lladi, noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi.


45+1. Birinchi taym tugadi. "Nasaf" hozircha 1:0 hisobida oldinda

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

43. ZARBA! Mahmud Almardining zarbasi noaniq ketdi

40. Xavfli vaziyat! Bobur Abduxoliqov raqib jarima maydoni ichida zarba berishga urindi...

37. SHarof Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

37. "Nasaf"da jarima to'pi tepish imkoniyati.

36. Ogohlantirish. Oday Zahran 

34. Iordaniya klubi vakillari ochiqchasiga qo'pol o'ynashmoqda

33. Lukichning jarimadan yo'llagan zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarildi

26. Xavfli vaziyat. Bobur Abduxoliqov oldinga o'tdi, u raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam bu erda penalti yo'qligini ko'rsatdi

25` ZARBA! Dominik Mendining zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni ushlab oldi

21` Havo juda sovuq. O'yinning ichki dinamikasi esa tobora "isib" bormoqda.

18` Halil Beniatiya CHeranni ochiqchasiga ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.

17` "Al Faysali"ni jahli chiqdi. Alban Mehaning juda xavfli zarbasini Quvvatov mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi.

14` Muxlislar "Nasaf"ni yanada zo'r qo'llab-quvvatlashmoqda. "Nasaf" esa o'z o'rnida hujumkorlikni oshirishga etibor qaratmoqda.

12` GOLLLLLLLLLLLLLLLLL! IGOR GOLBAN! Slavko Lukich tomonidan oshirib berilgan to'pni Golban boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi - 1:0! Yashavor Vasiliy, yo'g'e Igor!!!!

10` Jasur Hasanovning faolligi evaziga burchak zarbasi ishlab olindi.

8` Almardining kuchli zarbasini Quvvatov egallab oldi. "Al Faysali" hujumkor o'yin taklif etmoqda.

7` "Al Faysali"ning bir muddat "Nasaf" darvozasi oldida xavf soldi. Avvaliga Hamrobekov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborgan bo'lsa, keyinchalik CHeran burchak zarbasidan so'ng xavfni bartaraf etdi.

6` Alban Mehaning ajoyib pasi "Nasaf" himoyasini kesib  o'tdi. Lekin Umar Eshmurodov o'z vaqtida xavfni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

5"Nasaf" o'yinni yaxshi boshladi. Dastlabki standart vaziyatidan keyin Hasanovning uzatmasi noaniq chiqdi. Lekin shunga qaramay to'p nazorati va tashabbus mezbonlar qo'lida.

16:00. Demak boshladik! OLG'A "NASAF"!

15:56. OCHL madhiyasi sadolari ostida jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

15:55. Sovuqda "muzlayotgan" muxlislar "isish" uchun "Nasaf", "Nasaf" deya baralla o'z suyuklilarini olqishlashmoqda.

15:50. Uchrashuvning eng asosiy vaziyatlari haqida yozib boramiz. CHunki ayni paytda klaviaturani shaqillatishi kerak bo'lgan qo'lning o'zi ushbu sovuqda "shaqillab" qoldi.

15:45. "Al Faysali" ham o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni yakunladi. Jamoalar hamda uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar kiyinish xonasiga yo'l olishdi.

15:35. "Nasaf" chigalyozdi mashqlarni yakunlab kiyinish xonasi tomon yo'l oldi. "Al Faysali" esa hozircha maydonda "qizish" ishlarini olib bormoqda. Havo juda sovuq.

15:30. "Markaziy" stadionga hozirga qadar taxminan 7 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurishgan.

15:25. Ro'ziqul Berdiev bugun 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi. Darvozada kutilganidek Sanjar Quvvatov tursa, himoyaning o'ng qanotida jamoaga yangi kelib qo'shilgan serbiyalik futbolchi Slavko Lukich, markaziy himoyada Golban va Eshmurodov. CHap qanot himoyada SHarof Muhitdinov harakat qiladi. Yarim himoyaning tayanch zonasida Osiyo chempionlari Hamrobekov va G'aniev o'ynashadi. Hujumkor vinger sifatida chap qanotdan Jasur Hasanov harakatlansa, o'ngda Islom Kenjaboev to'p suradi. Hujumchi ortida Dragan CHeran. Markaziy hujumchi sifatida esa Bobir Abdixoliqov raqib darvozasi tomon hujum qiladi.

15:20. Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga chiqib kelishdi.

15:05. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari elon qilindi.



Reyting: +182   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика