"Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciya uyushtiriladi
05 may 2015 17:05
Yangiliklar


"Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciya uyushtiriladi
Bugun "Nasaf" Qarshida OCHL 6-tur doirasida Jiddaning "Al Ahli" klubi bilan kuch sinashadi.
Ayni daqiqalarda Qarshi shahrida sayt rahbari Nodirxo'ja Yuldashev, O'FF fotomuxbiri Hasan Pirmuhammedov hamda "CA" xodimi SHahboz Beg'amov bo'lib turishibdi. Bugungi "Nasaf" - "Al Ahli" (Jidda) uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya uyushtirishni rejalashtirganmiz. Nodirxo'ja Yuldashev esa "ajdarlar"ning muhim bellashuvidan eng sara suratlarni muxlislarga taqdim etishni rejalashtirgan.
Qarshida ushbu o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori darajada. Bugun "Nasaf" o'z tarixida ilk bor guruh bosqichidan pley-offga yo'l olishga yaqin turibdi. Buning uchun esa ulardan faqatgina g'alaba talab etiladi.
Omad senga yor bo'lsin, "Nasaf"!

Fikrlar