"Nasaf-2003" Baxtiyor Davlatov xotira turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
28 apr 2017 08:14
Yangiliklar
"Nasaf-2003" Baxtiyor Davlatov xotira turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Mazkur turnirda “Nasaf” futbol maktabining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar i ham ishtirok etishmoqda.
Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev murabbiyligidagi “Nasaf-2003” jamoasi musobaqaning “A” guruhida olgan holda bahslarga kirishdi.
Yosh “nasaf”chilar uch uchrashuvda ham raqiblarini yirik hisoblarda taslim etishdi. Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev shogirdlari bugun Yangier markaziy o'yingohida soat 10:30 da Guliston futbol internati jamoasiga qarshi so'nggi tur uchrashuvida maydonga chiqishadi.
Jamoa yarim himoyachisi SHahzod Azamov raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritib turnir to'purarligida karvonboshlik qilmoqda.
“A” guruhida 3-turdan keyingi holatga ko'ra, 9 ochko jamg'argan holda “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari peshqadam bo'lib turibdi.
“Nasaf-2003” – CHimkent (Qozoqiston) 8-1
“Nasaf-2003” – Namangan Futbol internati (Namangan) 6-3
“Nasaf-2003” –“SHo'rtan-2003” (G'uzor) 5-0
Fahriddin CHoriev
Fikrlar