So’nggi yangiliklar

14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  0 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  9 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  13 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0

"Napoli"dagi tartibsizlik: futbolchilar qo'zg'aloni, prezidentga qarshi kurash va Anchelottiga tahdid Yangiliklar

"Napoli"dagi tartibsizlik: futbolchilar qo'zg'aloni, prezidentga qarshi kurash va Anchelottiga tahdid

O'yinchilar klub rahbariyatiga qarshi chiqdi, endi hamma jarimaga tortiladi-mi...?!

O'zi nima bo'lgan edi?

Seshanba oqshomida hamma Dortmund va Londondagi kambeklardan zavqlanib o'tirgan bir paytda, Neapolda "bomba portladi". Aynan hozir u erda o'yinchilar, murabbiylik shtabi va rahbariyat o'rtasida haqiqiy jang ketmoqda.

Dushanba kuni bu janjal alanga ola boshlagandi. "Napoli" so'nggi 10 yil ichida A Seriyada eng yomon start qildi: 11 turda jamoa atigi 18 ochko to'pladi va ayni damda turnir jadvalining ettinchi pog'onasida bormoqda. "Roma"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyatdan so'ng barchaga birdek "sevimli" bo'lgan Aurelio De Laurentis (klub xo'jayini) butun jamoani Kastel-Volturnodagi klub bazasida yakshanbagacha olib qolishga qaror qildi: "Anchelotti – ajoyib murabbiy, jentlmen va undan bundan ortig'ini so'rashga menda arzirli sabab ham yo'q. Bu ish nafaqat "Liverpul" va "Zalcburg"ga qarshi o'yinda, balki barcha bahslarda doimiy ravishda motivaciya topa olishlari zarur. SHuning uchun ham, futbolchilarni birlashtirish shart.

"Yozgi tayyorgarlik vaqtida barcha birdek mashg'ulotlarga qatnashmadi — biz jamoaviy tarzda ishlay olmadik. Yig'inlar aslida jamoani birlashtirish uchun o'tkaziladi. Bu jazo emas, balki konstruktiv qarordir. Lekin agar natijalar o'zgarmasa, u holda ularga jazo qo'llashimizga to'g'ri keladi — Rojdestvoga qadar bazada yig'in o'tkazamiz", – deydi hazil aralash gapirib prezident.

Qizig'i shundaki, De Laurentis bu borada murabbiy bilan maslahatlashmagan — "Zalcburg" bilan uchrashuvdan oldin Karlo Anchelotti ishtirokida bo'lib o'tadigan matbuot anjumanidan yarim soat oldin klub radio bo'limida prezident o'z qarorini elon qilgan. Karlo esa bunday burilishni kutmagandi: "Men yig'in o'tkazilishiga rozi emasman, biroq qarorlarni klub qabul qiladi". Murabbiy va prezident o'rtasida kichik nizo borligi aniq. Klub qaror qabul qiladi – bu to'g'ri, biroq o'yinchilar bir narsani aniq eshitishdi: murabbiyga ham yig'inlar yoqmaydi va u buni ochiqchasiga aytdi.

Albatta, futbolchilarni bazada "qamab" olib o'tirish – zamonaviy futboldagi vaxshiy usullardan biridir. G'alaba qozonish uchun ko'proq suhbatlashish, yaqin bo'lish shart emas. Maks Allegri bir paytlar "Yuve"ning kiyinish xonasini quyidagicha tariflagandi: "Bizda hech kim bir-biri bilan gaplashmaydi — hamma naushnik taqib o'tiradi".

Ammo boshqa tomondan, Anchelottining Neapoldagi ishiga oid shartlaridan biri — klub xo'jayini jamoa ishlariga aralashmasligi. "Napoli" kuzgi o'yinlarni juda yomon o'tkazdi: klub noyabr boshida chempion bo'lish orzusi bilan xayrlashdi, shuning uchun Aurelio mamuriy metodlarni qo'llay boshladi. Klub bunday akciyalarni olish huquqiga ega. Bu guruh uchun xuddi signaldek gap. Ammo bunday shiddatli to'qnashuv boshlanadi deb kim ham o'ylabdi deysiz...?!


Qo'zg'alon

Seshanba kuni bo'lib o'tgan "Red Bull"ga qarshi bahsda "Napoli" darvoza tomon 29 marta zarba yo'lladi (birinchi taymda 18ta – ECHLda Italiya klublari orasida rekord natija). Biroq Kulibalining arzimagan xatosi tufayli penaltidan gol o'tkazib yuborishdi va g'alaba qozona olmadi (1:1). Neapolliklarning g'alabasiz seriyasi 4 o'yinga etdi. Karlo Anchelotti o'yindan keyingi majburiy matbuot anjumanida ishtirok etmadi. Murabbiy buning o'rniga xodimlar bilan avtobusga o'tirdi va Kastel-Volturnodagi bazaga yo'l oldi. Endi klub bu uchun yaxshigina jarima to'laydi. O'yinchilar ham jurnalistlarning savollariga javob berishmadi. Bu ham etmaganidek, rahbariyat so'zini pisand qilishmadi – bazaga borish o'rniga hamma uy-uyiga tarqaldi. Bir sutkadan keyin barchasi o'z o'rniga qayta boshladi.

O'yinchilar yig'in bilan bog'liq masalada boss bilan gaplashib olish uchun uni kiyinish xonasida kutib turgan edilar. Ammo Aurelio De Laurentis hammadan oldin stadiondan ketib qoldi. Biroq prezidentning o'g'li Edoardo De Laurentis kiyinish xonasiga bordi, ammo bundan oldin jarohat olgan Allanni koridorda ko'rib qoldi. Braziliyalik futbolchi Aurelioning qaroridan norozi ekanidan shikoyat qildi.

Keyin esa kiyinish xonasida boshqalar ham Allanning poziciyasini qo'llab-quvvatlashni boshladi va natijada janjal kelib chiqdi. Mertens va Kalexon avvaliga agressiv kayfiyatda edi. Klub etakchilari rahbariyat haqidagi barcha fikrlarini to'kib sochdilar va quyidagi gap bilan suhbatga nuqta qo'ydilar: "Otangga aytib qo'y, biz bazaga emas uyga ketamiz!".

Mish-mishlarga ko'ra, qo'zg'alonni o'yinchilarning faqat bir qismi qo'llab-quvvatlagan, qolganlari esa avtobusga chiqqan. Italiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, ular yangi o'yinchilar va shu jumladan, Fabian Ruis, Kulibali hamda Aleks Meret ekan. Kalidu esa oldindan instagram orqali uzr so'ragan, Fabian Ruis esa ertasiga ijtiomiy tarmoqdagi sahifasiga shu yo'sindagi kechirimini joylagan. Jamoaning faqat bir qismi janjal ko'targan, ammo oxirida hamma birga ketgan – etiborlisi, Lorenco Insine ham ular safiga qo'shilgani aniq. Muxlislari bu ish uchun jamoa sardorini instagramda haqoratli so'zlarga "ko'mib tashlashdi". Yodingizda bo'lsa, bahorda Lorenco bilan mojaro bo'lgan va u klubdan ketishiga ham sal qolgandi.

Endi esa Anchelotti masalasiga qaytamiz. Kiyinish xonasidagi janjallarni eshitaverib charagan Karlo avtobusga chiqdi, xodimlar yig'ilishini kutdi va baza tomon yo'l oldi. Sababi o'sha payt matbuot anjumani haqida o'ylashning mavridi emasdi. Aurelio De Laurentisga bo'lgan voqeani o'g'li etkazdi. Anchelotti kutilmaganda matbuot anjumanini bekor qilganiga ham, futbolchilar bilan bog'liq vaziyatga ham klub izoh bermadi. Butun Italiya nima bo'layotganini tushuna olmasdi.


Endi o'yinchilarni jazolashadi

CHorshanba kuni ertalab Aurelio advokatlarni "Vezuviy" mehmonxonasiga to'pladi va ular bilan vaziyat, jarima va boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashdi. "Sky Sports" xabarlariga ko'ra, o'sha kuni Anchelotti istefoga chiqarilishi haqida ham batafsil gaplashishgan emish.

Kastel-Volturnoda soat 11:00da boshlanadigan mashg'uotga jamoa azolari etib keldi: mashqlar, obed va yana uyga qaytishdi. Faqatgina murabbiylik shtabi va De Laurentis bilan telefon orqali deyarli bir soat suhbatlashgan Karlo bazada qolgan edi. Uzoq muzokaralardan so'ng va nihoyat press-reliz chiqdi: "O'yinchilarning xatti-harakati bilan bog'liq holda klub o'zining iqtisodiy, mulkiy, imidj va intizomiy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. SHuningdek, klub jamoaviy yig'ilishni o'tkazish masuliyatini bosh murabbiy Karlo Anchelotti zimmasiga yuklamoqchi".

Bu nima degani? Rahbariyat yuzaga kelgan vaziyat — o'yinchilar g'alayoni ekanini rasman tasdiqladi.

Klub barchaga oylik maoshining 5 foizidan jarima solishga to'la huquqqa ega ekaniga neapollik advokat Eduardo Kyakkoning ishonchi komil ekan. De Laurentis va uning advokatlari fikricha — klub imidji va obro'siga putur etkazishi mumkin bo'lgan yana bir narsa bor: "Klublarning kelishuv aspektlari mavjud. Futbolchi xuddi xodim sifatida ularga rioya qilishi lozim. Agar klub bazada yig'in tashkil qilsa, u holda jamoa ularga bo'ysunishi kerak. Agar o'yinchilar bundan bosh tortsa, kelishuv shartlarini buzgan hisoblanadi. Natijada rahbariyat futbolchilar maoshidan 5% ini jarima sifatida olib qo'yishga haqqi bor".

Press-relizning ikkinchi qismidan shu malum bo'ladiki, yig'inning birinchi kunidan "Napoli" Anchelotti zimmasiga masuliyat yuklagan. Yani, aynan Karlo futbolchilarni Kastel-Volturnoda olib o'tirish yoki buni umuman bekor qilishga haqqi bor. Jurnalistlarning ishonchi komil: prezident murabbiyni istefoga chiqarmoqchi emas. Nima bo'lgan taqdirda ham, hozircha shunday. Klub xo'jayini Karlodan shunchaki qattiqqo'llikni talab qilmoqda. Vaziyat juda og'ir ekanini o'zingiz ham tushunib ulgurgandirsiz. SHu sababli ham, rahbariyat vaziyatni o'nglashni Anchelottiga butkul ishonib topshirdi.

Gap-so'zlarga qaraganda, jamoa "Jenoa" bilan o'yindan oldin yana bazada qolar ekan. Qolaversa, De Laurentis Neapoldagi vaziyatlarni kuzatib turish uchun Los-Andjelesga bo'ladigan safarini zudlik bilan bekor qilibdi. SHunga qaramay, agar Karlo shogirdlari "Jenoa"ga qarshi kurashda mag'lub bo'lsalar, biz jamoa rulida yangi murabbiyni ko'rishimiz mumkin. Laurentis oxirgi marta 2009 yilgi mavsum o'rtasida Roberto Donadonini istefoga chiqargan edi. Vaziyat o'ta og'ir. Qizig'i shundaki, payshanba kuni "San-Paolo"da muxlislar uchun ochiq mashg'ulot rejalashtirilgandi. Bu xo'jayin abonementlari uchun maxsus akciya Endi va shu sababli klub tadbirni bekor qilolmadi. Yana bir gap, tadbirga ommaviy axborot vositalari kirishi man etilgandi.


Anchelotti aybdormi?!

Karlo endigina Neapolga kelganida, u shunday degan edi: Sarri ixtiyorida o'ynagan barcha o'yinchilar menga yoqadi, shu sababli havotirga o'rin yo'q: chetlatishlar bo'lmaydi. 2018 yil yozda etakchilardan faqat Jorjino va Reyna jamoadan ketdi. Birinchi yil "tozalash" va tanishishga sarflanishi kerak edi. "Napoli" chempionatda hech bir qiyinchiliksiz ikkinchi o'rinni egalladi. Ammo gollar-o'tkazib yuborilgan to'plar soni bo'yicha CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Liverpul" ortida qolib ketdi hamda Evropa Ligasi 1/4 finaligacha chiqishga muvaffaq bo'ldi.

SHu yozda klub yangi o'yinchilar sotib olib, "ortiqcha"lardan qutilishi kerak edi. Natijada jamoaga Manolas va Losano keldi (klub tarixidagi eng qimmat o'yinchilar top-3 ligidan o'rin olishdi), yosh iqtidor sohibi Elif Elmaz, chempionat kashfiyoti Jovanni Di Lorenco va tajribali Fernando Lorente. "Qora ro'yxat"ga esa Kirikesh, Rog, Diavar va Unas tushdi va jamoadan ketishdi. Yo'qotishlar orasida o'tgan mavsum yarmini jarohat bilan o'tkazgan va natijada yurtiga qaytishni istagan keksa Raul Albiol ham bor edi.

Mavsum boshlanishidan avval barcha mutaxassislar shunday fikrda edi – "Napoli" kuchli bo'lishi aniq. De Laurentis transferlarga 135 mln evro sarfladi va ilk bor maosh byudjetini yuz mln evrodan oshirdi (o'tgan mavsum 94 mln, hozir esa 105). "Inter" va "Yuventus" bir vaqtning o'zida murabbiyini o'zgartirdi. SHu sababli, neapolliklar chempionlik uchun kurashga jiddiy kirishishlariga ko'pchilik umid qilgan edi. Ammo, lekin, biroq... Anchelotti Xames Rodrigesni olishni orzu qilardi va butun tayyorgarlik vaqtida kolumbiyalikni 4-2-3-1 sxemasi bo'yicha o'ynatgandi. O'rtoqlik o'yinlarida Xamesning ishini Simone Verdi bajarardi. Xamesni sotib olishning iloji bo'lmadi, Verdini "Torino"ga yuborishdi. "Napoli" esa yana o'tgan yilgi 4-4-2 sxemasiga qaytdi.

Yana bir omil: Kulibali va Allan o'z termasi bilan finalgacha chiqqan Afrika va Amerika Kuboklari. SHu sabab butun yozgi tayyorgarlik jarayonini o'tkazib yuborgandilar. Irving Losano va Fernando Lorente yig'in yakunlanishidan biroz oldin etib kelgandi. Natijada Anchelotti hammani bir paytda yig'a olmadi va so'nggi 10 yil ichida biz eng muvozanatsiz, birlasha olmagan "Napoli"ni ko'rdik.

Endi yana bir narsaga ahamiyat bering: Karlo Anchelotti mavsum boshlanishidan avval bajarilgan ishdan qoniqqani, yangi o'yinchilar o'n ballik sistemadan 10 ball olishiga ishonchi komil ekani, endi ikkinchi pog'ona ularni qoniqtirmasligi hamda birinchi o'rin uchun loyiq ekanliklarini aytgandi. Yodingizda bo'lsa, hattoki Maradona Neapolda o'ynagan kezlarida ham bunday gap bo'lmagan. Darhaqiqat, Maccarri ham, Benites ham, hatto Sarri ham skudetto uchun kurashgan. Ammo hech biri buni ochiqchasiga oshkor qilmagan!


Kuz faslidagi "Napoli" – shunchaki dahshat!

Barcha kulfat va omadsizliklarga (neapolliklar shtangaga tekkan zarbalar soni bo'yicha Evropada etakchidirlar: 15 o'yinda - 14 zarba) yana bir narsa sabab bo'ldi. Anchelottiga qarshi bo'lganlar aynan shu haqda tinimsiz gapirmoqda: 4-3-3 sxemasi bo'yicha o'yinchilar jamoaga to'plangan bo'lsa-da, murabbiy 4-4-2 taktikasini tanlamoqda va o'zgarishni istamayapti. Bundan tashqari, bugungi kunda Neapolda o'z poziciyasida o'ynamayotgan bir talay futbolchilar bor. Gulyam tarkibga kiritilmadi, Mario Rui esa jarohat oldi. SHu sababli, mudofaa chizig'ining chap qanotida Jovanni Di Lorenco o'ynashi kerak. Ammo umrida biror marta ham u chiziqda harakatlanib ko'rmagan. Bunisiga nima deysiz?! Yana bir jarohatlangan o'yinchi — Allanning o'rnini Zelinski egallaydi: o'zingizga malum, u raqiblar ortidan juda tez yugura olmaydi. Losano, butun faoliyati davomida 4-3-3 sxemasi bo'yicha qanotda o'ynagan futbolchi, Neapolda ikkinchi forvard bo'ldi. Xuddi Karletto 22 kiborgdan iborat jamoa shakllantirishga va istagan o'yinchisini istagan poziciyasida o'ynatishga chiranayotganga o'xshaydi. Bu ish yaxshi natija bermasligi aniq, qolaversa o'ynchilarga ham yoqmayapti.

Ha aytgancha, Davide Anchelotti... Karloning ham o'g'li va ham yordamchisi bo'lgan Davide haqida Myunxenda va Neapolda turli gap-so'zlar tarqagan. Mish-mishlardan eng mashhuri: Karlo atayin "Napoli"ni tanlagan. Sababi esa oddiy: o'g'ilchasi murabbiylik sohasida o'qib olgunga qadar biroz dam olmoqchida...

SHuningdek, futbolchilarda psixologiya bilan bog'liq muammolar ham borligini takidlashmoqda. Birinchi zarba Turinda yuz bergandi. O'shanda "Oltin to'p" uchun etakchi davogar Kalidu Kulibali 90+ daqiqada o'z darvozasiga gol urib qo'ygandi. Keyin "Kalyari"ga qarshi bahsda neapolliklar astoydil mehmonlar darvozasiga zarba berishdi, ammo baribir oxirida qarshi hujumni o'tkazib yubordilar. Oxirgi psixologik zarba esa yaqinda "Atalanta" bilan uchrashuvda bo'lib o'tdi.


Ammo ko'pchilik nega aqldan ozgan De Laurentisni ayblamoqda?

Birinchidan, Aurelio aqldan ozmagan. Internet saytlarida kinoprodyuser haqida salbiy materiallar ko'p. Ammo aslida u bu qadar yomon inson emas. De Laurentis klub ishlariga aralashishni yoqtirmaydi. U ko'proq Kapridagi ofisi yoki SHtatdagi ishxonasida o'tirishni afzal ko'radi. Uni asosan biznes qiziqtiradi. Biroq bossga nimadir yoqmasa yoki qandaydir muammo bo'lsa, albatta, jim o'tirmaydi. SHu sababli ham, Laurentis har hafta klubga kelishga majbur bo'lyapti. Keling tan olaylik: agar De Laurentis bo'lmaganida, "Napoli" ham bo'lmasdi! "Napoli"ning bugungi muvaffaqiyati emas, umuman klub bo'lmas edi demoqchimiz.

Bundan roppa-rosa 20 yil avval neapolliklar B Seriyada o'ynar, rahbariyat o'zi bilan o'zi ovora, klub esa qarzga botgan edi. 15 yil avval "Napoli" S Seriya chempionatida o'ynab ketishiga shubha bor edi. Etmaganiga qarzlar tufayli yo'q bo'lib ketishi ham hech gap emasdi. Aurelio o'zi bu ishga bel bog'lamagunga qadar, ularga xaridor yoki homiy topilmadi. Mana 10 yildan buyon klub evrokuboklarda o'ynamoqda. So'nggi 5 yil ichida Italiyaning ikkinchi eng kuchli jamoasi bo'lib keldi. Yana bir gap: Laurentis milliarder-homiy emas: klub o'z puliga yashab, kun kechirmoqda.


Quyidagi jadvalga etibor bering:

Birinchi kolonkadagi raqamlar — tarkib narxi. Ikkinchisi – tarkibga qancha pul sarflashgani. Uchinchisi – narx qancha oshgani.

"Napoli" – bu ko'rsatkich bo'yicha Italiyada etakchi, Evropada esa 8-o'rindadir. Xo'sh, endi aytingchi, kim aqldan ozgan?!


Aql bilan sarflangan xarajatlar – "Napoli" xo'jayini biznesining asosi. Ayning shuning uchun yozda Xames bilan shartnoma imzolay olishmadi (kolumbiyalikning narxi 40 mln evro, Madrid esa uni arzonroqqa sotishni istamadi). Ammo undanda foydaliroq Irving Losano bilan kelishuvga erishdilar. CHempionlar Ligasida ishtirok etish – klub byudjeti uchun foydali. Ha, prezident 7-o'yinda ekanidan qattiq qayg'uryotganini to'g'ri tushunsa bo'ladi. Buyoqda esa terma jamoa bilan bog'liq bazadagi muammolar... Biroq boshqa tarafdan, Aurelio kino olamining yorqin namoyondasi va turgan gapki, shou va shovqin uning jon-u dili. SHu sababli ham, u murabbiy va o'yinchilarning o'ziga yangiliklarni aytishdan ko'ra, radio orqali etkazishni afzal ko'rgan.

De Laurentisga yana bir davo – asosiy tarkibning 6 o'yinchisi bir paytning o'zida (Kalexon, Mertens, Zelinski, Milik, Maksimovich va Allan) yangi shartnoma imzolash/muhokama qilish bosqichida turishibdi. Bu atmosferaga tasir qiladi. Bundan tashqari, muzokaralar hamma uchun muvaffaqiyatli yakun topmaydi. Kalexon va Mertens, hozirgi sharoitga ko'ra, muddatni uzaytirmoqchi — klub esa ular keksayib qolganini tushunib turibdi, shu sabab biroz kam muddat qo'shib berish niyati bor. Zelinski va Maksimovich — tahminan dekabrda yangi kelishuvga erishmoqchi. Parij haqida orzu qilayotgan Allan ham yangi maosh olish iltimosi bilan chiqdi. Katta ehtimol bilan Allan o'tgan yillari qo'shimcha pul olishi mumkin edi, lekin bu masala hozirda so'roq ostida yotibdi. Milik, agar gol urishda davom etsa, oyligi oshishi aniq.

De Laurentis nima deyishi, shartnoma bo'yicha muzokaralar qanday yakun topishi, klub qanday yig'inlar tashkil qilishiga qaramay – deyarli barcha OAV hamda sobiq o'yinchilar aynan prezidentni qo'llab-quvvatlamoqda. Vaziyat juda og'ir, avval Italiyada bunaqasi bo'lmagandi. To'g'ri, futbolchilar murabbiyga qarshi chiqqan vaqtlar ko'p bo'lgan, biroq ommaviy tarzda klubga qarshi chiqish – ochig'i bunaqsi ilk bor sodir bo'lmoqda. Ha, xavfli holat.

"Futbolchilar birdamliklarini maydonda ko'satishsa yaxshiroq bo'lardi", "Prezident janjal boshlanishiga sababchi bo'lganlarni topib, ularni zudlik bilan haydab yuborishi kerak", "De Laurentisning o'rnida bo'lganimda, ularni noyabr oxiriga qadar bazada olib o'tirardim" – bugungi kunda Neapolda shu yo'sindagi ritokalar yangramoqda. Ha mayli, nima bo'lgan taqdirda ham, oxiri baxayr bo'lsin!  


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика