“Napoli” va “Yuventus” Tripper uchun kurashadi
25 iyu 2019 08:20
Yangiliklar
“Tottenxem” himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Kiranga ayni damda asosiy davogar sifatida ikki klub — “Napoli” hamda “Yuventus” ko'rsatilmoqda.
London klubi himoyachining transferidan 25 mln funt ishlab olishni ko'zlamoqda.
Neapolliklar Kiranga jamoani tark etishi kutilayotgan Alsaid Hyusayning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Turinliklar esa Joau Kanselu o'rnida faqatgina Tripperni ko'rmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar