“Napoli” – “Sampdoriya”. Gamshik o'yinda ishtirok etishi mumkin
25 dek 2013 10:29
Yangiliklar


“Napoli” – “Sampdoriya”. Gamshik o'yinda ishtirok etishi mumkin
“Napoli” yarim himoyachisi Marek Gamshik, jarohatidan tuzalganini aytib o'tdi.
“Jarohat og'ir emasdi, shu sababli tuzalish jaroyoni tezroq kechdi. Kundan-kunga ahvolim yaxshilanib borayapti. Fikrimcha, yangi yildan so'ng bo'ladigan “Sampdoriya”ga qarshi birinchi o'yinda maydonga tusha olaman”, - deydi slovakiyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Gamshik Italiya chempionati doirasida “Parma”ga qarshi o'yinda (0:1) jarohat olgan edi.
Takidlab o'tamiz, “Napoli” – “Sampdoriya” bahsi 6 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar