Napoli Milik uchun kurashga qo'shildi
03 iyu 2016 11:34
Yangiliklar
Napoli Milik uchun kurashga qo'shildi
Ayaks va Polsha terma jamoasi hujumchisi Arkadiush Milik Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.
22 yoshli futbolchiga Yuventus, Bayer va Tottenxemdan keyin Napoli ham qiziqib qoldi. Neapol klubi muzokaralarni boshlab yubordi. Napoli Milikni Atletikoga o'tishi kutilayotgan Gonsalo Iguainning o'rniga olib kelmoqchi. Milik 15-20 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsum Gollandiya chempionatining 31ta o'yinida Milik 21ta gol urdi va 8ta golli pas oshirdi.
Fikrlar