"Napoli" Milik bilan xayrlashadi
16 mar 2020 00:25
Yangiliklar
"Napoli" Milik bilan xayrlashadi
"Football Italia" nashri xabariga ko'ra, polshalik futbolchi Neapol klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan.
Bitim borasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Eslatib o'tamiz, Milikning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Neapolliklar rahbariyati hujumchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni yozda sotib yuborishga qaror qildi. Avvalroq Arkadiushga "Arsenal", "Tottenxem", "Inter" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.
Malumot uchun, Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 16 o'yinda maydonga tushgan 26 yoshli Milik 9ta golga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar