"Napoli" Losano bo'yicha kelishuvga erishdi, Xamesni ijaraga olishga tayyor
04 avg 2019 20:40
Yangiliklar


"Napoli" Losano bo'yicha kelishuvga erishdi, Xamesni ijaraga olishga tayyor
"Napoli" PSV yarim himoyachisi Irvin Losanoni sotib olish borasida kelishuvga erishdi.
Avval malumot berilganidek, neapolitanlar 24 yoshli meksikalik uchun 42 million evro to'lashadi. 4 yillik shartnoma uchun Losano yiliga 4,5 million evro maosh olishi belgilangan.
SHuningdek, italiyaliklar Xames Rodrigesga qiziqishda davom etadi. SHunga qaramay, ular 28 yoshli kolumbiyalikni faqat ijaraga olish niyatida. O'tgan mavsum Losano Gollandiya chempionatida 30 ta o'yin o'tkazdi (17 gol va 12 assist).
Xames Rodriges esa Bundesliganing 20 o'yinida 7 ta gol urdi va 4ta golli pasni amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar