"Napoli" Kulibaliga o'rinbosar topdi
30 mar 2021 18:01
Yangiliklar
"Napoli" Kulibaliga o'rinbosar topdi
"Feyenoord" himoyachisi Markos Senesi "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Argentinalik futbolchi mavsum so'nggida jamoadan ketishni xohlayotgan Kalidu Kulibalining o'rnini egallashi mumkin.
"Napoli" rahbariyati Kulibaliga "Liverpul"," Manchester Yunayted" va "Everton" qiziqish bildirayotgan bir paytda, uni saqlab qola olishga shubha qilmoqda.
Neapolliklar sport direktori Kristiano Juntoli Senesining ehtimoliy transferi borasida "Feyenoord" vakillari bilan aloqaga chiqdi.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar