"Napoli" forvardi Xitoyga yo'l olishi mumkin
27 fev 2019 11:26
Yangiliklar


"Napoli" forvardi Xitoyga yo'l olishi mumkin
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens yozda klubni tark etishi mumkin.
"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, belgiyalik sobiq jamoadoshi Marek Gamshikning ortidan Xitoyga yo'l olishi mumkin. Gamshik yaqindagina "Dalyan Ifan" klubi azosiga aylangan edi.
Agar Mertens Xitoy chempionatiga o'tishga rozi bo'lsa, uning maoshi ikki barobar oshadi va yiliga 8 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar