"Napoli" forvardi Losano: "Kuchliroq jamoada o'ynamoqchiman"
18 noy 2021 14:37
Yangiliklar
"Napoli" forvardi Losano: "Kuchliroq jamoada o'ynamoqchiman"
Meksikalik forvard Irving Losano kuchliroq jamoaga o'tish xohishi haqida gapirdi.
Hujumchi ayni damda "Napoli" tarkibida harakat qilmoqda.
"Hozirda men yaxshi sheriklar bilan etarli darajada raqobatbardosh jamoada o'ynayapman. O'sayotganimni sezyapman. Ammo, to'g'risini aytsam, yana ham kuchliroq jamoada o'ynashni xohlardim. Men o'zimni katta maqsadli futbolchi deb hisoblayman va oldimga faqat yuqori marralarni qo'yganman", - deydi meksikalik.
Irving neapolliklar tarkibida 2019 yildan beri o'ynaydi. Hujumchi joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar