“Napoli” Fernandoni sotib olishni istayapti
05 noy 2013 15:43
Yangiliklar


“Napoli” Fernandoni sotib olishni istayapti
“Napoli” klubi “Portu” yarim himoyachisi Fernandoni sotib olish uchun kurashga kirishdi. Italiya OAVning xabariga ko'ra, ayni paytda faqatgina neapolitanliklar futbolchini sotib olish bo'yicha asosiy davogar hisoblanishar ekan.
Braziliyalik futbolchining “Portu” bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi, shu sababli kundan-kunga Fernandoga qiziqayotgan klublar soni ortib bormoqda.
Avval berilgan xabarlarda, yarim himoyachiga "Inter", "Yuventus", "Monako", "Atletiko" va "Everton" klublari qiziqayotganliga aytib o'tilgan edi.

Fikrlar