“Napoli” etakchisi jarohat oldi
17 dek 2020 21:45
Yangiliklar


“Napoli” etakchisi jarohat oldi
Neapolliklar forvardi Dris Mertens Italiya chempionati doirasida “Inter”ga qarshi o'tgan bahsda jarohat olib, zaxiraga olingandi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, Mertensda to'pig'i bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan. Belgiyalikning holati esa 3 haftadan so'ng qayta baholanadi.
U joriy mavsum klub safida 17 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 pasni o'z hisobiga yozdirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar