"Napoli" - chempion, ECHL yo'llanmalari kurashi davom etadi - A Seriya 33-tur o'yinlari haqida
05 may 2023 17:30
Yangiliklar
"Napoli" - chempion, ECHL yo'llanmalari kurashi davom etadi - A Seriya 33-tur o'yinlari haqida
"Inter" "Verona"ni taslim etdi
Hellas Verona |
Serie A . 33-tur 04/05/2023, 01:00 6
:
0
Tugadi
|
Inter Adolfo Gaich - 31', Hakan Calhanoglu - 36', Edin Dzeko - 38', Lautaro Martinez - 55', Edin Dzeko - 61', Lautaro Martinez - 90' |
Stadion: Stadio M. A. Bentegodi, 19409 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
O'yin "Inter" uchun ancha qiyin boshlandi. Verdi 7-daqiqada De Vreydan qochib ketib, zarba yo'llagandi, Xandanovich mahorat ko'rsatdi. "Inter" faqatgina bo'lim o'rtalariga kelib "uyg'ondi". Jeko jarimadan Dimarko uzatgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, lekin Montipo ham gol o'tkazishni istamadi. Ko'p o'tmay, burchak zarbasidan keyin De Vrey familiyasini tabloga yozdirib qo'yishi mumkin edi va yana Montipo o'zini ko'rsatdi. Golkiper raqib zarbalarini birin-ketin qaytarardi, lekin Dimarkoning uzatmasidan keyin Gaych to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'yganida, darvozabon ham ojiz qoldi. Gol "Inter" kuchiga kuch qo'shdi. Erkin qolib ketgan CHalxanoglu chamasi 35 metrlardan darvoza to'qqizligini nishonga oldi. Yana bir daqiqa o'tib, mezbonlar himoyasi xatoga yo'l qo'ydi. Bundan foydalangan Lautaro to'pni Jekoga etkazdi va Edin oradagi farqni oshirdi. O'yin taqdiri hal bo'lganini amalda hamma tushunib bo'lgandi.
Ikkinchi bo'lim boshida Brozovich birgina uzatma bilan "Verona"ning barcha himoyachilarini dog'da qoldirdi, Lautaro esa to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ydi. "Inter"ning ishi yurishardi va futbolchilar to'xtash haqida o'ylamasdi. Sal o'tib, Acherbi to'p bilan deyarli jarima maydonigacha o'tib bordi va Jekoga uzatdi. Tajribali bosniyalik bo'sh burchakni ko'rdi va to'pni sekingina dumalatib yubordi. "Inter" biroz tempni pasaytirgan bo'lsada, hujum qilishda davom etdi. "Verona" esa final hushtagini kutardi. Ammo o'yin oxirida yana bitta gol ko'rdik. Jarima zarbasidan keyin Lautaro to'p uchun kurashni oxirgacha davom ettirdi va yiqilgan holatida ham to'pni darvozaga yo'llab yuborish imkonini topdi. "Inter" zo'r o'yin o'tkazdi, ammo muhim va qiyin bahslar hali oldinda.
"Yuventus" "Lechche"ni mag'lubiyatga uchratdi
Juventus Leandro Paredes - 15', Dusan Vlahovic - 40' |
Serie A . 33-tur 03/05/2023, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Lecce Assan Ceesay - 37' |
Stadion: Allianz Stadium, 33757 tomoshabin
Bosh hakam: Francesco Fourneau
O'yin ancha sokin ruhda start oldi. "Yuventus" hujum qilar, lekin vaziyatlar yuzaga kelavermasdi. 15-daqiqada esa Paredes jarima zarbasidan nishonni aniq oldi va A Seriyadagi debyut golini nishonladi. O'yin shundan keyin yanada tinchlanib qoldi, "keksa sinora" hisobdan kelib chiqib, bemalol, himoyani mustahkamlash haqida o'ylardi va Falkone darvozasiga ham ortiqcha xavf solmasdi. 36-daqiqada esa sokinlik yakunlandi. To'pni qo'l bilan o'ynalgani uchun mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Zarbani Sesay amalga oshirdi va uni ishonchli ijro etdi. SHunga qaramay, "Lechche"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. Ko'p o'tmay, Kostich qanotdan to'pni markazdagi Vlaxovichga yo'lladi, Dushan esa birgina urinishda uzoq cho'zilib ketgan golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi.
Ikkinchi bo'lim boshida Vlaxovich jarimadan uzatilgan to'pni Mirettiga tashlab berdi, ammo u yaqin masofadan mo'ljalda adashdi. "Lechche" bunga Bashirottoning zarbasi bilan javob berdi. SHensni katta qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishni uddaladi. "Yuventus"ning navbatdagi standarti, burchak zarbasidan keyin Danilo ustunni nishonga oldi. Maydonda Kostich faolligi bilan ajralib turardi va u assist yoniga gol ham qo'shib qo'yishi mumkin edi. Biroq uning ajoyib zarbasini Falkone qaytara oldi. "Lechche" oxirgi daqiqalarda "shturm" uyushtirib, bir nechta vaziyat yarata oldi, lekin tablodagi hisobni o'zgartira olmadi. "Yuventus" muhim pallada muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
"Milan" "Kremoneze" bilan o'yinda ochko yo'qotdi
AC Milan Junior Messias - 90' |
Serie A . 33-tur 04/05/2023, 01:00 1
:
1
Tugadi
|
Cremonese David Okereke - 77' |
Stadion: San Siro, 68136 tomoshabin
Bosh hakam: Luca Pairetto
6-daqiqada Dias to'pni Salemakersga etkazdi hamda u Aleksis gol urdi, biroq hakam uni ofsayd tufayli bekor qildi. Bir necha daqiqa o'tib, Dias endi Origini qulay vaziyatga chiqardi, ammo raqib kiperi xavfni bartaraf etdi. De Kattelareda ham ajoyib imkoniyat bo'ldi. Biroq yosh, iqtidorli futbolchi Karneskini bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, uni aldashga kirishib, niyatiga eta olmadi. "Kremoneze" esa tanaffusgacha milanliklar himoyasini bezovta qilmadi.
"Milan" tanaffusdan keyin ham bosimni davom ettirdi. Endi Salemakersning uzatmasidan so'ng Dias bo'sh qolgan darvozaga zarba berdi, lekin to'pga cho'zilgani tufaylimi, mo'ljalda adashdi. SHu daqiqalarga kelib "Kremoneze" ham "uyg'ondi". Valeri Okerekening pasidan keyin bosh bilan zarba yo'llash imkonini topdi. "Milan" hujumlar sonini oshirib borardi. Oqibatda qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Okereke maydon markazidan qochib ketdi, ikki raqibini dog'da qoldirib, Menyanning yonidan to'pni o'tkazib yubora oldi. "Milan" "Kremoneze"ni himoyaga "qamab qo'ydi", ammo ish qanotdan amalga oshirilgan uzatmalardan uyog'iga o'tmasdi. Pioli jamoasi uchun yana bir imkoniyat bo'ldi. Jarima maydonchasi yonginasida jarima zarbasi belgilandi. Lekin Mesyas jarima maydonchasidagi sheriklariga uzatish o'rniga, to'pni ko'plab o'yinchilar hamda Karneskinining yonidan o'tib ketadigan qilib, tepdi. "Milan" mag'lubiyatdan qutilib qoldi, ammo to'rtlikdan tashqaridaligini eslasa, xursand bo'lmayotgani aniq.
"Napoli"ga chempionlik uchun durang ham etdi
Udinese Sandi Lovric - 13' |
Serie A . 33-tur 05/05/2023, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
SSC Napoli Victor Osimhen - 52' |
Stadion: Dacia Arena - Stadio Friuli, 24911 tomoshabin
Bosh hakam: Rosario Abisso
"Udineze" o'yinni dadil boshladi. Avvaliga uzoqdan Pereyra zarba berdi, sal o'tib esa Udogie qanotdan ajoyib uzatma etkazib berdi va Lovrich to'pni qabul qilib, to'qqizlikni nishonga oldi. "Napoli" ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga urinib ko'rdi, ammo hujumlari samara bermasdi, ular o'zlariga unchalik ham o'xshashmasdi. Lovrich esa uzoq masofadan yaxshi zarba yo'lladi, Meret jamoasi joniga oro kirdi. Bo'lim oxiridagina "Napoli"da vaziyat yuzaga keldi, Osimxen qanotdan Oliveyraning uzatmasidan keyin xavfli zarba berdi.
"Udineze" ikkinchi bo'limni ham faol boshladi va bir nechta vaziyatlar yarata oldi. Ayniqsa Pereyraning uzoq masofadan yo'llagan to'pi mehmonlar ishqibozlarini cho'chitib yubordi. Birozdan keyin ular ham bunga javob berishdi. Burchakdan uzatmadan keyin Xvicha zarba berdi, Osimxen esa Silvestrining seyvidan keyin baribir o'z niyatiga etdi. Bu gol "Napoli"ga o'zgacha ruhiyat bag'ishladi. Keyingi hujumda Elmas to'pni Zelinskiga tashlab berdi, yarim himoyachi to'pni erga tushirmay darvozaga yo'lladi, Silvestri yana o'zini ko'rsatdi. "Udineze" esa sekin-asta passivlashib borardi va hujumda aytarli hech nima qila olmasdi. Umuman olganda "Napoli" final hushtagi va chempionlik haqida o'ylashayotgandi. "Napoli" oxirgi chempionlikdan 33 yil o'tib, yana Italiya chempioniga aylanishdi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar