So’nggi yangiliklar

22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  2 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  11 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  246 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  3 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  38 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  2 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  7 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  1 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4

“Napoli” bosh murabbiyi A seriyada tanaffuslarsiz o'ynamoqchi. Balki unga Angliya varianti to'g'ri kelar? Yangiliklar

“Napoli” bosh murabbiyi A seriyada tanaffuslarsiz o'ynamoqchi. Balki unga Angliya varianti to'g'ri kelar?

Neapolning “Napoli” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri “Verona” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U yuzaga kelayotgan ikki haftalik tanaffusdan xavotirda ekanini tushunish qiyin emas.

“Negadir jamoam aynan A seriya o'yinlarigagina jiddiy etibor qaratmoqda. Buning sababini o'zim ham tushunayotganim yo'q. Bunda gap bizning rotaciya ustida bormayapti, bu mentalitet bilan bog'liq masala.

Biroq bu xato, axir biz shuni deb Italiya Kubogidan chiqib ketdik. Men o'yinlar u yoqda tursin, hatto mashg'ulotda ham jon-jahd bilan ishlanmasa, o'zimni qo'yarga joy topa olmayman. Men musobaqadan qatiy nazar, har bir o'yinga maksimal yondoshilishini istagan bo'lardim”, — deb aytib o'tgan Sarri.

“Napoli” 28 yillik tanaffusdan keyin yangi yilga A seriya peshqadami sifatida etib keldi. Ayni vaqtda ham Neapol klubi turnir jadvalida etakchilik qilib turibdi. Mana shunday paytda 2 haftalik tanaffusning bor ekani Sarrini xavotirga solgan. CHunki dam olish futbolchilarga qanday tasir qilishini oldindan aytib bo'lmaydi.

“Oldinda ikki haftalik tanaffus bor, biroq men jon dilim bilan mavsumni davom ettirgan bo'lardim. Aslida esa futbolchilarim biroz dam olishga ham haqli. Menimcha, professional futbolchi uchun bir haftalik yaxshi hordiq etarli bo'ladi”, — dedi Mauricio Sarri.

APLda esa aksincha, Mourinodan tortib, Gvardiolaga qadar taqvimdagi zichlikdan, dam olish kunlarining kamligidan noliydi. Balki Sarri kelgusi faoliyatini Angliya klublaridan birida davom ettirishi kerakdir?

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика