"Napoli" B Seriya "snayperi"ni olib kelmoqchi
06 iyu 2016 00:30
Yangiliklar


"Napoli" B Seriya "snayperi"ni olib kelmoqchi
Italiyaning "Napoli" jamoasi B Seriya to'purariga aylangan Janluka Lapadulani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Peskara" hujumchisi Lapadula o'tgan mavsumda B Seriya o'yinlarida 29 ta gol kiritib to'purar bo'lgandi.
"Napoli" Lapadula uchun bo'lgan kurashda "Yuventus"ni ortda qoldirdi va futbolchi bilan 4 yillik kelishuvga erishdi.
Tez orada tomonlar rasman shartnoma imzolashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar