"Napoli" 28 yil avval bajargan ishini takrorladi

Aslanov Jasurbek
24 dek 2017, 14:23
"Napoli" A Seriyaning 18-turida "Sampdoriya"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ayni damda neapolliklar A Seriya turnir jadvalida 45 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Jamoa 28 yilda ilk marotaba Rojdestvo bayramini (25 dekabr) birinchi o'rinda kutib olmoqda. Avvalgi shunday natija 1989 yilda qayd etilgan. O'sha mavsumda "Napoli" A Seriya chempioniga aylangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BleacherReport