Nankindagi birinchi mashg'ulot - "Yuventus" Xitoyda
22 iyu 2019 20:45
Yangiliklar


Nankindagi birinchi mashg'ulot - "Yuventus" Xitoyda
Turinliklar Xitoy shahrida kechki mashg'ulotni o'tkazishdi.
Tushlikdan so'ng Nankin shahriga qo'ngan "Yuventus" futbolchilari chorshanba, 24 iyul kuni "Inter"ga qarshi o'ynaladigan Olympic Sports Center stadionida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi.
Qizishib olish mashqlaridan so'ng janob Sarri to'p bilan va jismoniy mashqlarni shogirdlariga yukladi. Singapurda "Tottenxem"ga qarshi ko'proq o'ynagan futbolchilar mehmonhonada tiklanish bilan band bo'lishdi.
Ertaga "neradzurrilar"ga qarshi o'yindan avval "keksa sinora" ikki mahal mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar