Nani: "Rim – fantastik shahar"
30 okt 2017 21:27
Yangiliklar
Nani: "Rim – fantastik shahar"
Rimning "Lacio" klubi o'yinchisi Luish Nani italiya futboliga ko'nikishi borasida gapirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, amaldagi Evropa chempioni joriy mavsum rimliklar tarkibiga kelib qo'shildi va dam olish kuni "Benevento" bilan o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Mening golim? U jamoaviy o'yin mahsuli bo'ldi. Men "Lacio"ga yordam berganimdan mamnunman. Men uchun eng muhimi - jamoa g'alabasi, shaxsiy yutuqlar emas.
Skudetto? Bizga masuliyat yuklash to'g'ri emas. Faqat mavsum yakunidagina "Lacio" sovrin yutishga haqlimi yoki yo'qligini bilib olamiz.
Italiyaga qanday ko'nikdim? Bu erda hammasi ajoyib, Rim – fantastik shahar. Barcha jamoadoshlarim meni yaxshi qabul qilishdi. Men shu tempda harakat qilishda davom etaman", - dedi Nani.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar