So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Senga ishonamiz Ulug'bek yoxud namanganlik futbolchi tarixi... Yangiliklar

Senga ishonamiz Ulug'bek yoxud namanganlik futbolchi tarixi...

2017 yilning yoz oyida Dilshod Nuraliev va Rauf Talgatovich bilan 2004 yilda tug'ilgan eng sara futbolchilarni izlash maqsadida Namanganga tashrif buyurdik.

Odil Ahmedov bilan boshlagan ishimizning asosiy maqsadi Namanganda bolalar futboliga bo'lgan ish sifatini oshirish edi.


SHunda Dilshod Nuraliev biryo'la 2002 yilda tug'ilgan bolalarni ham ko'rib ketay dedi terma jamoa uchun va OBO'FM murabbiyi Azam aka bilan kelishib 2001 yilda tavallud topgan futbolchilarni, 2002 yilda tavallud topgan Namangan terma jamoasiga qarshi o'yin tashkil etdik.

Bizga 2002 yillardagi bolalardan ko'ra 2001 yilda tug'ilgan Ulug'bek manzur keldi. SHunda Dilshod aka Odilga ayt, shu bolaga qarasin dedilar. Men bu haqda avval Sodiqga (Odilning do'sti, to'raqo'rg'onlik) aytdim. Maqsad shu bolaga sal yordam berib, "Navbahor" o'rinbosarlari safiga joylash va keyinchalik Evropaga ko'rsatish edi.

Ulug'bekning o'zi bilan kelishdik, onasi ham rozi. Vodiyda bu yoshda kuchli ligalar soni kam. "Bunyodkor"ga beray desam zaxirada o'tirib qolishi mumkin, "Paxtakor"da ham xuddi shunday. Yanvar oylari edi. Dmitriy Makarovich "CHig'atoy" klubida ish boshlaydigan bo'ldi va u U-18 jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. O'ylab o'tirmay bu bolani Dmitriy Kimga taklif qildim. Murabbiyning salohiyatiga butun O'zbekiston tan bergan. Aynan shu odam aslida 1993 yilda tavallud topgan futbolchilar terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi kerak edi va u bizni Olimpiadaga ham olib chiqqan bo'lardi, balki!

"Paxtakor"ning 1993 yilda tavallud topgan futbolchilarini 7 yoshidan qabul qilib olgan. Olim SHokirov bilan hamkorlikda jamoada mehnat qildi, natijalarini ko'ring: Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Abdul Aziz Yusupov, Muhsin Ubaydullaev, Asilbek Omonov, Akmal Tursunboev, Igor Sergeev, Maksimilian Fomin va Jasur Hakimov. Bularning aksari 7 yoshdan kelgan bo'lsa, yana kimlardir 11-12 yoshdan. Paytida Tursunboev, Masharipov va Iskanderovga bulardan futbolchi chiqmaydi degan "tashxis" qo'yilgan. Masharipov va Iskanderovni Dima uyida boqib yurgan kezlari ham bo'lgan.

Qisqasi shu murabbiy qo'liga topshirdik. Bu erda Odil yotoq va mayda xarajatlariga yordam berdi. Maqsadimiz Toshkentda yaxshilab toblab, Italiyaning "Karpi" jamoasiga sovg'a qilish edi. Lekin Evropaga kirish juda qiyin. Bir oycha avval Azam aka ortga qaytishini iltimos qildi, sababi unga "Navbahor" o'rinbosarlari safida to'p tepish imkoniyati paydo bo'lgandi. Kuni kecha Makarovich Nodir, shu bolani qaytarib ber dedi. "Navbahor" - "Paxtakor" o'rinbosarlari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yinda maydonga tushgan ekan. Bu haqda xabar topdim va Dimaga qilgan mehnatiga rozi bo'lishi, o'rinbosarlar safida unga sekin-asta joy berilayotganlini aytdim.

Bu bola hech qachon kechagi kunini unutmagan holda, ertangi kun uchun kurashishda davom etishiga ishonaman!

Bugun Respublika musobaqasida "Navbahor" jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi, bu mening O'FA xodimi sifatidagi SO'NGGI musobaqam bo'ldi! O'FAdan ketar ekanman, ortga qarayman va qilgan ishlarimga nazar tashladim. 2001 yilda tavallud topgan Respublika musobaqasinig 1,2,3 - o'rinlari VODIYning 3ta terma jamoasi - Namangan, Andijon va Farg'onaga nasib etdi. Bu "OLTIN VODIY" loyihasining samarasi edi. 2017 yil Umid Ahmatdjanovga bergan birinchi taklifim "OLTIN VODIY" loyihasi edi. Unga ko'ra vodiy bo'ylab 2001-2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi liga yo'lga qo'yilishi kerak edi. Namangan, Andijon va Farg'ona futbol federaciyalari bilan hamkorlikda bu ishni amalga oshirdik. Birinchi yil sifat kuchli bo'lmagan bo'lsa-da, lekin haminqadar ishlandi.  8 oy ichida buning mevasini ko'rdik! Keyingi maqsadim katta edi: butun Respublika BO'SMlarini oyoqqa turg'azish. Balki kimlar uchundir bolalar futboli shunchaki shou, lekin men unga fan sifatida qarayotgandim.


CHapdagi SHukurullo, undan kelajakda albatta Anvar Soliev chiqadi, agar mehnat qilishni to'xtatmasa, Ulug'bekka esa Odil Ahmedovning yo'lini tilayman!

Bugun Ulug'bekka musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga atalgan statuetkani berar ekanmiz, uning  misolida qanchadan qancha futbolchilarning yo'q bo'lishini oldini olishimiz lozimligini o'yladim. U bilan esdalik uchun suratga tushdim va yana bir bor takidladim, buyog'iga orqaga qadam yo'q!

Bugun Pogbaning yoshlikda tushgan suratlari jahon matbuoti bosh sahifalarini bezab turibdi. Aynan mana shu surat 2026 yilgi jahon chempionatiga bag'ishlab chiqariladigan jurnallarning bosh sahifasida bo'lishini chin dildan Xudodan so'ragan bo'lardim.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика