So’nggi yangiliklar

10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  1 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  7 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  4 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  5 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  3 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  1 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  12 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  3 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  1 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  7 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  4 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  1

Namangandagi shoudan so'nggi maqola... Yangiliklar

Namangandagi shoudan so'nggi maqola...

Teglar :  Navbahor
27 fevral kuni “Navbahor” stadionida ajoyib bayram kechasi bo'lib o'tdi.

So'nggi yillarda bunday tadbirlarni ko'rmayotganimiz uchun, bu safargi uchrashuv barchamizda ilq taassurot uyg'otdi. “Navbahor” klubi tomonidan tadbirni yoritish bizning chekimizga tushgani ham bizni quvontirdi. Klub matbuot bo'limi boshlig'i SHavkat aka Sodiqov to'rt kishidan iborat guruhimizni kutib oldilar. Aslida Namanganga, ular tomonidan ajratilgan mashinada etib borishimiz kerak edi. Bir kun avval saytimizda tadbirda ishtirok etishimizni bilgan, tanishimiz SHerzod, Toshkentdagi ishidan tatil olganini aytib, shu kuni ota – onasini ko'rgani Namanganga borishi kerakligi haqida aytib, u bilan ketishini aytdi. Yo'q demadik, “Dori-Darmon” firmasining etakchi mutaxassislaridan biri bo'lgan bu yigit bilan, rejalashtirilayotgan xayriya akciyalarida hamkorlik qilib olish uchun 4 soatli vaqt ayni muddao edi. SHunday bo'ldi ham.



Vodiyning oshini eb, soat 12:20da mehmonlar uchun ajratilgan “Namangan” mehmonxonasiga kirib bordik. Ko'z oldimizda sochiga oq tushgan chempionlar suhbatlashar edilar. Soat 12:30ga tushlik aytilgani bois, barcha mehmonxonaning 5 qavatida joylashgan restoran tomon yo'l olar edilar. Birin ketib kirib kelayotgan futbolchilar o'zaro suhbatlasharlar. Rossiyadan kelganlar telefon raqamlarini beradilar. To'plarga dastxat qo'yish, xullas retro...

“Navbahor”-96da faoliyat olib borganlar bugungi kunda katta kishilarga aylanib bo'lganlar. Ular orasida, o'sha yillari mamur bo'lib ishlagan Samvel Babayanni bugungi kunda MTJni boshqarayotgani, menejer Baxtiyor Boboevni bugungi “Bunyodkor” bilan qanday yutuqlarga erishganini aytib o'tish shart bo'lmasa kerak. 1996 yilda bor yo'g'i 4ta uchrashuvda maydonga tushgan Anvar Soliev keyinchalik ligamizning eng zo'r hujumchilaridan biriga aylandi. Jamoa sardori Farhod Magometov bugunda PFL rahbari.



Aslida tadbirni o'tkazish g'oyasi 2015 yil chiqqan. Mavsum yakuniga etishi bilan klub noyabr oyida shou o'tkazishni rejalashtirgan ekan. Ammo o'sha paytdagi moliyaviy holat, undan tashqari horijdagi futbolchilarning vaqtlari bilan muammo bo'lganligi uchun bir yo'la 2016 yilga qoldirilgan edi. Mirzohid Marifxanovning taklifini bir ovozdan maqullandi. Ishchi guruh tuzildi. Bu loyiha viloyat hokimi Xayrullo Hayitboevich Bozorovga ham maqul tushdi. Tadbirni ochilish marosimida, viloyat hokimi va Namangan VFF prezidenti Xayrullo Hayitboevichni o'zi ishtirok etgani, u kishini futbolga bufarq emasligidan dalolat edi. joriy yilda “Navbahor” safida bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar ham aynan shu kishining mehnatlari bilan chambarchas bog'liq.

Tashkiliy ishlar bilan klub direktori G'anisher Ismoilov va matbuot kotibi SHavkat Sodiqov zimmasiga tushdi. 5 nafar sobiq futbolchini bugungi kunda chet elda istiqomat qilishayotganligini inobatga olsak, ularni Namanganda jamlash oson ish emas. Kezi kelganda, kichik turnir o'tkazib qancha qiyinchilikka duch kelamiz. Faqatgina pasporti bilan muammo borligi tufayli Oleg SHackix kela olmadi. Qolgan hamma Namanganda jamul-jam bo'ldi, barchasi “Navbahor” klubining hisobidan amalga oshirildi. Aftidan, joriy yil klubda moliyaviy qiyinchiliklar bo'lmaydi.

CHiptalar ham cho'ntakbop. Bir yil avval stadionni ochilish o'yinga 100 000 so'mdan chipta chiqarilgan edi. Bu safar esa, tarixiy futbolchilar hamda Ozodbek Nazarbekov, Hosila Rahimova, Manzura, SHoxrux reper, qiziqchi Iskandar Xamroqulov va Sardor Rahimxon kabi el suygan sanatkorlar ishtirokidagi shou uchun 25 000 so'm u qadar qimmat emas. Faqat tadbirning vaqti biroz erta bo'lganligi uchun stadion to'lmadi. SHunda ham 10 mingdan ziyod tomoshabin stadionga tashrif buyurdilar. Ikkilanmay kelmaganlar armonda qoldi deb ayta olamiz.



Tadbir davomida, sobiq futbolchilar 20 yil avval o'zlari istiqomat qilgan klub bazasida bo'ldilar. Hamma birma-bir o'zi istiqomat qilgan xonaga kirib chiqib, yoshlikni esladi.

Stadiondagi 4 soat vaqt bir zumda o'tib ketdi, 20 yillik yod etilgan 27 fevral ham bir zumda tarix sahifalariga kirdi.



Stadiondagi tadbir yakuniga etgach, biz reportajni tayyorlash uchun mehmonxonaga, mehmonlar esa bayram dasturxoni yozilgan Namangan shahridagi "Diyor" majmuasiga yo'l oldilar. Tadbirda Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi. Bundan tashqari, tadbirga chempion jamoa vakillari bilan birgalikda "Navbahor"ning joriy yilgi tarkibi azolari ham qatnashishdi. Bayram dasturxonida, shahar va tuman hokimlari, homiy tashkilot rahbarlari ham taklif etilishdi. Tadbir dasturxonida xalqimiz ardog'idagi sanatkorlar Hosila Rahimova, Gulasal Abdullaeva, Malika Egamberdieva kabi xonandalar mehmonlarning xizmatida bo'lishdi. O'zbekiston xalq artisti Mirza Azizov tadbirga o'ziga xos fayz olib kirdi. Tadbir davomida ikki yildan beri “Navbahor” futbol klubi azolarini sifatli kostyum shimlar bilan taminlab kelayotgan homiy korxona Asrortekstil Sanoat MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan kostyum shimlar 1996 yilgi chempion jamoa azolariga Hamidullo Vahobov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bir so'z bilan aytganda, barchasiga “5” baho!

Keyingi tadbir “Navbahor” va “CA” o'rtasida o'tkaziladi. Rossiya premer ligasida mavsum yakuniga etgach, Namanganda ilk marotaba “Odil Ahmedov Cup” – 2016 musobaqasini o'tkazishni rejamizga kiritganmiz. Ko'rishguncha!


Nodirxo'ja Yuldashev



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика