So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Namangandagi “Markaziy” stadioniga zamonaviy turniketlar o'rnatildi Yangiliklar

Namangandagi “Markaziy” stadioniga zamonaviy turniketlar o'rnatildi

Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

So'nggi paytlarda futbolimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar klublarimizni ham yangilik sari undamoqda desak xato bo'lmaydi. Xususan, “Navbahor” futbol klubi joriy yilgi mavsumdan boshlab o'yingohga kirish chiptalari va muxlislarni aniq hisobini yuritish maqsadida kirish darvozalaridagi turniketlarga yangi zamonaviy elektron moslamalar o'rnatdi. Yani kirish darvozalariga o'rnatilgan moslama chiptaga tushirilgan shtrix kod orqali ochiladi. Bu hol chiptalarni qalbakilashtirishni oldini oladi. SHu bilan birgalikda chiptasiz muxlislar o'yingohga kira olishmaydi.


SHuningdek, har bir darvozaga qo'shimcha kuzatuv kameralari ham o'rnatildi. Yangi innovacion g'oyalarni qo'llanishi esa klublarning moliyaviy holatini mustahkamlanishida muhim omil vazifasini o'tab beradi.

Eslatib o'tamiz, bugun Namangandagi “Markaziy” stadionida mavsumning ochilishi va Superliganing 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” - “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etadi.

SHuni alohida takidlash kerakki, o'yin boshlanishiga hali ancha vaqt borligiga qaramay, "Markaziy" stadioni atrofida futbol muxlislari juda ko'p. Bugun Namanganda haqiqiy futbol bayrami bo'lishi kutilmoqda.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика