So’nggi yangiliklar

19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  3 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  5 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  7 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  7 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  29

Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanadi, “Navbahor” yaqinda yangi bazaga ega bo'ladi Yangiliklar

Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanadi, “Navbahor” yaqinda yangi bazaga ega bo'ladi

Namanganning “Navbahor” jamoasi yangi mavsum hozirligini allaqachon boshlab yubordi.

Namanganliklar klublar oldiga qo'yilayotgan eng asosiy talablardan biri – yaxshi shart-sharoitga ega stadion hamda yaxshi holatdagi maydonga ega bo'lish maqsadida ish-reja ishlab chiqib, uni amalga oshirish ishlarini boshladi.

Klub vice-prezidenti SHamshod Sarikovning takidlashicha, Namangandagi “Markaziy” stadion chimi to'liq yangilanadi. Hozirda “Navbahor” jamoasining uy stadioniga Gollandiyadan sifatli chim olib kelish bo'yicha faol ish olib borilmoqda ekan.

- PFL klublardan yaxshi infratuzilmaga ega bo'lish, ayniqsa, stadion va yaxshi holatdagi maydonda o'yinlarni o'tkazishni talab qilayotgani juda to'g'ri. Bu talablarning qatiy ijrosini allaqachon qilish kerak edi. Mana bizning klub ham ushbu talablar ijrosi “Navbahor” uchun juda foydali ekanini to'liq anglagan holda bu borada eng shimarib ish boshlab yubordik.



Bilasizmi, “Markaziy” stadionning yonginasida bizning zaxira maydonimiz ham mavjud. Aynan mana shu zaxira maydoni chimini ham yaxshi holatga keltirmoqdamiz. SHu bilan bir qatorda asosiy o'yinlarimiz o'tadigan “Markaziy” o'yingohda ideal holatdagi chimga ega bo'lish borasida ham ishlayapmiz. CHimni Gollandiyadan olib kelamiz. Hozirda “Markaziy” stadiondagi maydon chimini ehtiyotkorlik bilan ko'chirib olib, uni zaxira maydoniga o'tkazyapmiz. Asosiy stadion maydoniga esa Gollandiyadan keltiriladigan sifatli chim joylashtiriladi.

CHimni hamisha yaxshi holatda ushlab turish uchun unga mavsum davomida ham yaxshilab parvarish lozim bo'ladi. SHuni inobatga olib, sug'orish tizimini ham italyan texnologiyasi asosida yangilayapmiz. Parvarishlaydigan uskunalar ham zamonaviylariga almashtirilyapti.



Yaqin orada Namangandagi “Markaziy” o'yingohda ham sifatli maydon bo'ladi va muxlislar nasib etsa kelgusi yili yaxshi holatdagi maydondagi o'yinlarimizni mazza qilib tomosha qilishadi.

Yangi mavsum oldidan yaxshi tuzilmaga ega bo'lish uchun ancha ter to'kamiz hali. Yana bir yangilik shundan iboratki, To'raqo'rg'onda “Navbahor” jamoasi uchun yangi o'quv-mashg'ulot qarorgohi barpo etish ishlari ham boshlanish arafasida. Bu borada hali yana batafsil malumot beramiz. Asosisyi shuni takidlay olamanki, yaqin orada “Navbahor” yurtimizdagi eng yaxshi sharoitga ega qarorgoh bilan taminlanadi,  - dedi SHamshod Sarikov.


Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика