So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Namangan viloyati hokimi hududda Evropa metodikasini qo'llash istagida Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi hududda Evropa metodikasini qo'llash istagida

Kiko Zuniganing navbatdagi safari so'lim vodiyning Namangan viloyati bo'ldi.

To'raqo'rg'onda "Odil Junior" nomi ostida faoliyat boshlagan bolalar futbol klubi "JFL Tashkent" bilan hamkorlikda Kiko Zunigani maktabda master-klass o'tkazish tadbirini tashkil etdi.

Vodiy (Namangan, Qo'qon, Farg'ona, Andijon) futbolini yangicha, zamonaviy ko'rinishda avvalgi mavqeini tiklashda o'zining yordamini bergan holda yaxlit vodiy ligasini tashkil etib, vodiyning eng zo'r istedod egalariga Evropa eshiklarini ochishni reja qilayotgan Odil Ahmedov ilk qadamini "Odil Junior" orqali tashlagan edi.



Kiko Zuniganing Namangan viloyatiga tashrif buyurishi, viloyat hokimi Xayrullo Hayitboevich Bozorovni ham betibor qoldirmadi. Zuniganing master-klassiga shaxsan o'zi tashrif buyurgan Xayrullo Xayitboevich yaqin kunlar ichida "Odil Junior" akademiyasi uchun maxsus joy ajratilishi va u erda vodiyning eng sara futbolchilari tarbiya topib, vodiy futbolini yuqori cho'qqiga olib chiqish lozimligini alohida takidlab o'tdi.

O'z navbatida ispaniyalik mutaxassis, O'zbekistonni kezib chiqar ekan, bu erda futbol sir-saboqlarini o'rganayotgan bolalarning mahoratiga qoyil qolganini, bu haqda albatta Ispaniyalik skautlarga aytishini takidlab o'tdi.



Hokim bilan suhbat qurar ekan, agar barcha shart-sharoitlar yaratilsa, o'zining ham shu loyihada ishtirok etishini malum qildi.

"Odil Junior" jamoasi tashkil etilganiga hali bir yil ham bo'lmaganini eshitgan Kiko Zuniga o'z hayratini yashira olmadi va shunday dedi:
- Agar Sizlarda 5-6 oydan beri shug'ullanayotgan bolalar jamoalari shunday o'ynasa, mutaxassislarni rivojlantirish va bolalar o'rtasidagi musobaqalarni ko'paytirish orqali Evropani "egallashingiz" aniq.




Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика