So’nggi yangiliklar

14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  0 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  3 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3

Namangan shahri hokimi "Navbahor"ning kelajagini yoshlar bilan qurmoqchi Yangiliklar

Namangan shahri hokimi "Navbahor"ning kelajagini yoshlar bilan qurmoqchi

Teglar :  NavbahorNamangan
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Namangan viloyatiga tashrifidan so'ng Namangan shahri hokimi etib SHavkatjon Abdurazzoqov tayinlangan edi.

13 iyul kuni "Navbahor" klubining rahbarlari va futbolchilari o'rtasida hokimiyatda yig'ilish bo'ldi. Unda SHavkatjon Abdurazzoqov klubning yangi prezidenti sifatida tanishtirildi. Murabbiy va futbolchilar bilan suhbatdan so'ng klub prezidenti kuni kecha yangi rejasini tadbiq etdi.

Unga ko'ra, bir necha yillardan beri asosiy tarkibning soyasida beetibor qolib kelayotgan "Navbahor" klubining o'rinbosarlariga yangi baza taqdim etildi. Endi namanganlik yoshlar Toshbuloqdagi stadiondan baza sifatida foydalanadilar. SHu kungacha "Navbahor" o'rinbosarlari duch kelgan maydonda shug'ullanib yurgandilar. Endi asosiy tarkibdan tashqari jamoaning o'rinbosarlari ham nazoratda bo'lishadi.

Undan tashqari jamoa o'rinbosarlarining byudjeti alohida bo'ladi. Asosiy tarkibning natijalaridan qatiy nazar o'rinbosarlar qiynalmay o'z ishida davom etadi. O'rinbosarlar jamoasining o'z murabbiylar shtabi va boshqaruvchi-menejeri bo'ladi. Bu loyihani amalga oshirishdan maqsad, yaqin yillar ichida "Navbahor"ning asosiy tarkibiga yaxshi futbolchilarni tarbiyalab berish va yo'qolib borayotgan ishonchni qaytarish. Bugungi kunda "Navbahor" o'rinbosarlari 16 jamoa ichida, 16-o'rinni band etib turibdi.

Mazkur loyihani, Namanganda faoliyat boshlayotgan Odil Ahmedov akademiyasi bilan chambarchas bog'lasa, ish sifati yanada sifatli bo'lishini aytish mumkin.

Klub prezidentining boshlagan xayrli ishiga omad tilaymiz!


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика