So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1

Namangan chempion! Yangiliklar

Namangan chempion!

2001-2005 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida tashkil qilingan Respublika musobaqasining birinchi bosqich o'yinlarining final o'yini o'tkazildi.

2001 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan final o'yini O'zbekiston futbol associaciyasi maydonida bo'lib o'tdi.

Namangan viloyati hamda Andijon viloyati jamoalari o'rtasida kechgan murosasiz bahsga ikkala jamoaning muxlislari tashrif buyurishdi. Uchrashuvning 1-bo'limida hisobni Namangan jamoasi ochdi. Bunga javoban 2-bo'limda Andijonliklar ham 1 ta to'p bilan javob berishdi. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida namanganliklar  yana 2 ta to'p kiritib musobaqa g'olibiga aylanishdi. Uchrashuvdagi umumiy hisob: Andijon – Namangan 1:3.

Final bahsi nihoyasiga etgach musobaqaning taqdirlash marosimi o'tkazildi. Sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan Xorazm, Farg'ona, Andijon viloyatlari jamoalari hamda g'olib Namangan viloyati jamoasiga esdalik sovg'alari, diplom hamda musobaqa kubogi topshirildi. Kubokni O'zbekiston futbol associaciyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev topshirdi.

Eslatib o'tamiz 2002 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida 25-30 sentyabr kunlari, 2003 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida 20-25 oktyabr, 2004 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida 8-13 oktyabr, 2005 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida esa 5-10 noyabr kunlari Respublika musobaqasi bo'lib o'tadi.

2018 yil 20 sentyabr, Toshkent
Final
Andijon – Namangan 1:3

Gollar: O.Abdumajidov (20,76), F.Soxibjonov (58), SH.Xoldoraliev (48)
Andijon: Sobirov Jasur, Ortiqmirzaev Javohir, Marufjonov Odil, Abdumajidov Odil, Davronov Jamshid, O'lmasov Muhammadibrohim, Qahhorov Ozod, Ibroximov Muhammadaziz, Sohibjonov Farhodjon, Nematov Islom
Namangan: Abdullaxonov Islom, Obidov Jasur, Yaxyoxonov Bahrom, Saidxonov Muhammadyunus, Toshtemirov Omad, Zokirjanov Asad, Zokirov Azizbek, Aknazarov Ulug'bek, Holdoraliev SHukurullo, G'ulomjonov SHerzod, Qayumboev Abdurasul
Hakamlar: Yansupov Farruh, Eremeev Server, Najmiddinov Jamol

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика