Najmiddin Normurodov: “G'alabani qo'ldan chiqardik”
08 mar 2022 11:25
Yangiliklar


Najmiddin Normurodov: “G'alabani qo'ldan chiqardik”
Pro liganing 1-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Mashal” (2:2) uchrashuvidan keyin muborakliklar sardori Najmiddin Normurodov fikrlariga quloq tutdik.
“Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. O'yin davomida to'p nazoratini o'z tomonimizda ushlab turdik. Lekin kutilmaganda ikkita gol qo'yib yubordik. Birida standart vaziyatda gol urishgan bo'lsa, yana birida qarshi hujum vaqtida “Buxoro” unumli foydalandi. G'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan vaqtda ochko yo'qotdik.
Keyingi turda o'z maydonimizda “Zomin”ni qabul qilamiz. SHu o'yinda muxlislarimizni xursand qilish istagida maydonga tushamiz va g'alaba qozonamiz degan umiddaman. Bugungi o'yindagi xatolarimizdan ham to'g'ri xulosalar chiqaramiz", - deydi Normurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar