Nainggolan: "Kalyari"da menga xiyonat qilishdi"
18 avg 2021 21:44
Yangiliklar
Nainggolan: "Kalyari"da menga xiyonat qilishdi"
"Men uchun ustuvor variant "Kalyari" edi. U erda kareramni davom ettirish uchun ko'p pullardan voz kechgandim, biroq...
"Kalyari" rahbarlari mening klubga qaytish istagimni bilib, o'zini panaga olishdi. Ular mendan voz kechib, xiyonat qilishdi. Hafsalam pir bo'ldi. Men bu klub uchun ko'p narsadan voz kechdim, lekin menga bo'lgan qanday munosabatligini gvohi bo'ldim. "Kalyari" xodimlari bilan doimiy aloqada edim, xohishim aniq edi va klubga bo'lgan muhabbatimni isbotlamoqchi edim. Afsuski, futboldagi odamlar bunday narsalarni tezda unutishadi", — dedi Nainggolan.
33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Kalyari" sharafini himoya qilgandi. Belgiyalik futbolchi Italiya chempionatining 22 uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol urdi hamda beshta sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar