Nagelsmann: "Ikkinchi bo'limda 3ta avtogol urdik"
01 avg 2021 17:44
Yangiliklar
Nagelsmann: "Ikkinchi bo'limda 3ta avtogol urdik"
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Napoli"ga qarshi bahs haqida to'xtaldi.
"Albatta, o'zimni yaxshi his qilmayapman. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Biz yaxshi jamoa edik va alo darajada harakat qilayotgandik. Ikkinchi bo'limda esa golga tortadigan vaziyatlar yarata olmadik.
Ikkinchi bo'limda uchta avtogol urgandekmiz. Terma futbolchilari ixtiyorimizga qaytib, maydonga tushayotganlari yaxshi holat, bu juda muhim. Endi yana uch nafar muhim futbolchimiz dushanba kuni tarkibga qaytsa, nihoyat, ilk marta birdam bo'lib o'yin o'tkazishimiz mumkin", - dedi Nagelsmann.
Fikrlar