Nagelsmann eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun qaysi jamoaning o'yinlarini ko'rish kerakligini aytdi
14 fev 2020 21:25
Yangiliklar


Nagelsmann eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun qaysi jamoaning o'yinlarini ko'rish kerakligini aytdi
“RB Leypcig” ustozi “Liverpul” haqida gapirdi.
“Liverpul” va “Man Siti”ning o'yinlarini ko'p tomosha qilaman. O'tgan mavsum “Siti”da aqlbovar qilmas moslashuvchanlik va o'yinni tashkillashitirish uchun ko'plab variantlar, shuningdek, to'pni boshqarish vaqtida o'yinchilarning ajoyib poziciyalarni egallashini kuzatgan edim. Pep Gvardiola jamoalarini tomosha qilish doim qiziq.
“Liverpul” esa katta o'sishga erishdi, ayniqsa, to'pni boshqarish va rangbaranglik borasida. Klopp jamoasi dastlabki ikki mavsumni ko'proq qarshi hujum va hujumda vaziyatlarni tashkil etish bilan o'tkazdi. Agar yaxshi murabbiy bo'lishni istasangiz, “Liverpul” o'yinlarini ko'rishingiz zarur”, – deydi 32 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar