Nagelsmann: "Barselona" Messisiz aniq kuchsizlandi deya olmayman"
13 sen 2021 18:01
Yangiliklar
Nagelsmann: "Barselona" Messisiz aniq kuchsizlandi deya olmayman"
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann CHL 1-tur doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Kataloniya klubi ramzi bo'lmish Leo Messi 2021 yilning yozida jamoani tark etdi va PSJ bilan shartnoma imzoladi.
"Ular endi umuman boshqacha o'ynashadi. Lionel - doim diqqat markazida turuvchi o'yinchi. Endi javobgarlik bo'linadi. Ularda Depay va Lyuk de Yong bilan turxi xil sifatlarga ikki juda qiziqarli yangi futbolchilar bor. Men aniq ular kuchsizlandi deya olmasdim", - deydi Nagelsmann.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Bavariya" o'yini ertaga Kataloniyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar