So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

"Nafaqat "Al Sadd"da, balki "Paxtakor"da ham o'yin taqdirini hal etadigan futbolchilar bor" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Nafaqat "Al Sadd"da, balki "Paxtakor"da ham o'yin taqdirini hal etadigan futbolchilar bor" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

OCHL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi SHota Arveladze va jamoa sardori Egor Krimec qatnashishdi.

SHota Arveladze: - "Ochkolar etibori bilan juda qiyin va ahamiyatli o'yin bo'ladi. Futbol o'ynashni xush ko'ruvchi jamoalar ishtirokidagi qiziqarli uchrashuv bo'lishi shubhasiz. Raqib ham, biz ham o'yinni nazorat qilishni yoqtiramiz. O'ylaymanki, muxlislar ertaga jozibador futbol guvohiga aylanishadi. Yo'qotishlar yo'q. Safdagi barcha o'yinga shay holatda. O'zgarishlar? Buni oldindan aytib bermoqchi emasman. Hammasini ertaga ko'rasiz. 

Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Masalan hech bir turda qaysidir jamoaning g'alabasi men uchun syurpriz bo'lmaydi. Hozirgi holatda guruhdagi barcha jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati mavjud. Har bir o'yin bir-biridan farq qiladi. Lekin o'ylashimcha, bo'lajak bahs ham Toshkentdagidek tomoshabop va qiziqarli o'tadi. Nafaqat "Al Sadd" tarkibida, balki bizda ham o'yin taqdirini hal etib qo'ya oladigan futbolchilar bor. "Paxtakor" safida yuqori sifatli o'yin ko'rsatadigan ijrochilar etarli. Ertaga o'yinda bunga o'zingiz guvoh bo'lishingiz mumkin.

Albatta, har bir o'yindan keyin raqib haqida yanada yangi va kerakli malumotlar olasiz. Toshkentdagi bahsdan keyin ham odatdagidek o'yinni qayta ko'rib, raqibni yanada chuqur o'rganib chiqdim. O'zim uchun bazi jihatlarni belgilab qo'ydim. Umid qilamanki, ertaga aynan shu taraflardan foyda chiqaramiz".


Egor Krimec: - Ertaga juda murakkab bahs bo'ladi. Har ikkala jamoa uchun bo'lajak o'yin ko'p narsani hal qilib berishi mumkin. O'ylashimcha, jamoalar jismonan va taktik tomondan o'yinga tayyor. Umid qilamanki, ertaga g'alaba va omad biz tomonda bo'ladi. Qatardan imkon qadar maksimum ochko bilan Toshkentga qaytishga intilamiz. Biz ertaga durang uchun emas, balki maksimum natija, yani g'alaba qozonish ilinjida maydonga tushamiz.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика