Nacho "Real" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatdi
02 dek 2022 20:57
Yangiliklar
Nacho "Real" bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatdi
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatdi.
32 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoaning kelajakdagi rejalaridagi o'rniga oydinlik kiritmoqchi.
Nachoning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi, shu bois yanvar oyidan so'ng u boshqa klublar bilan transfer borasida muzokara olib borishi mumkin bo'ladi.
Qayd etilishicha, futbolchining xizmatiga “Roma” va “Vulverxempton” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
La Liganing joriy mavsumida himoyachi “Real” safida 7 ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar