MYUning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi kerak?
22 apr 2014 13:30
Yangiliklar
MYUning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi kerak?
Buyuk mer Aleks MYUdagi erasi nihoyasida 27 yil boshqargan klubini boshqa bir shotland Devid Moyesga ishonib topshirgandi va shu sababdan unga muhlislar tomonidan “Choosen one” yani “Tanlangan”, degan nom berilgandi.
Biroq Moyes boshchiligida “Manchester Yunayted” o'zining so'nggi 20-25 yildagi eng og'ir davrini boshdan kechirdi. Barcha antirekordlar deyarli yangilandi. “Everton”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat esa toshib ketish bo'sag'asidagi sabr kosasiga tomgan so'nggi tomchi bo'ldi. Aynan shu o'yindan keyin deyarli barcha ingliz nashrlari Devid Moyes ishdan olinishi haqida MYU rahbariyati bir qarorga kelib bo'lgani haqida yozdi.
Hozir eng ishonchli nashrlar ham “Everton” sobiq murabbiyi “Yunayted”dagi faoliyatini to'xtatishi haqida malum qilayotgani bois, bu xabar haqiqatga juda va juda yaqin ekanini payqash qiyin emasdi. Nihoyat klub rasmiy sayti bu haqida xabar berdi. U ketti.
Xo'sh endi “Manchester Yunayted”ni kim boshqaradi?
Variantlar ko'p. Juda va jula ko'p.
Eng avvalo, ushbu mavsumni klub Rayyan Giggz boshchiligida yakunlab qo'ysa kerak. Keyinchi?
Ko'rsatilayotgan nomzodlar orasida Giggzning o'zi, Lui van Gaal, Yurgen Klopp, Karlo Anchelotti nomlari bor.
Rayyan Giggz garchi uzoq yillardan buyon “Yunayted”da bo'lsa-da, murabbiylik borasida tajribaga ega emas. Hozirgi holatda esa Gleyzerlar uni bosh murabbiy etishdek tavakkalchilikka yo'l qo'ya olishmaydi. Nursiz va muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin endi MYUga darhol natija keltiradigan murabbiy qidirilsa ajab emas.
Karlo Anchelotti haqiqatdan ancha uzoqroq. U yaqindagina “Real”ni qabul qilib oldi va u bilan sovrin yutishga hal ulgurdi. Madridda uning ishidan qoniqish hosil qilishyapti. Agar CHempionlar Ligasida ham final yo'llanmasini hal qila olsa, uni “qirollik klubi” hech qaerga qo'yib yubormasa kerak.
Yurgen Klopp esa tez orada natija ko'rsata oladigan murabbiy sifatida “Yunayted”da asosiy nomzodlardan biri deb qaralyapti. Biroq Klopp bir necha bor “Borussiya”ni hali beri tark etmoqchi emasligini aytib o'tdi o'z intervyularida. Ammo “Manchester Yunayted”ni boshqarish - istalgan murabbiy uchun ajoyib bir chaqiruv. Ayniqsa transfer uchun 200 million funt ajratishga tayyor turgan bir vaqtda.
Ammo haqiqatga eng yaqin variant baribir ham Lui van Gaal bo'lib turganini takidlab o'tish kerak.
Xo'sh, sizningcha “Manchester Yunayted”ni endilikda kim boshqargani maqul? Kim bu klubda muvaffaqiyatli ishlab keta oladi, deb hisoblaysiz? Qaysi tanlov to'g'ri bo'ladi?
Izoh uchun ajratilgan joyda mulohazalaringizni qoldiring. Marhamat!
Abror Qodirov.

Fikrlar