MYU sobiq azosi klubning texnik direktoriga aylandi
10 mar 2021 21:05
Yangiliklar
MYU sobiq azosi klubning texnik direktoriga aylandi
“Qizil iblislar” rahbariyatida yangi tayinlovlar yuz berdi.
Unga ko'ra, klub sport direktori etib Jon Myorto tayinlandi. U 2013 yildan beri klub strukturasida faoliyat olib boradi. Avvalroq esa Myorto “Everton” akademiyasiga rahbarlik qilgan edi.
Yanvar boshida MYU murabbiylar shtabidan joy olgan Darren Fletcher esa endi klub texnik direktori sifatida faoliyatini davom ettiradi.
SHuningdek, Mett Jaj muzokaralar bo'yicha direktor lavozimini egalladi.
Eslatib o'tamiz, Fletcher 2003-2015 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib, 340 uchrashuv o'tkazgan va 5 marta Angliya chempionati, 1 bor Evropa CHempionlar Ligasida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar