MYUning 3 muhim futbolchisi "Bornmut"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
01 noy 2019 17:00
Yangiliklar


MYUning 3 muhim futbolchisi "Bornmut"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogi doirasidagi "CHelsi" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'yinchilarining tiklanish jarayoni haqida gapirdi.
Hujumchi Markus Reshford, himoyachilar Viktor Lindelyof va Xarri Maguayrlar bu o'yinda engil jarohat olishdi.
"Hali bu haqda gapirishga erta. Umid qilamizki, ular ertangi o'yinda maydonga tushishadi.
Ular kechadan beri tiklanish jarayonidalar va bugun engil mashg'ulotlar olib borishdi. Umid qilamanki, ular tayyor bo'lishadi. Hozir esa aniq bir gap ayta olmayman", - deydi Sulsher.
SHuningdek, o'yinni himoyachisi Aksel Tuanzebe va xavbek Nemanya Matichlar o'tkazib yuborishadi.
Eslatib o'tamiz, "Bornmut" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar