MYUning 2 nafar futbolchisi terma jamoa lagerida jarohat oldi
18 noy 2023 17:29
Yangiliklar
MYUning 2 nafar futbolchisi terma jamoa lagerida jarohat oldi
Mankunianlarda yana kadrlar muammosi yuzaga keldi.
"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana va vinger Markus Reshford terma jamoalari ixtiyorida jarohat olishdi. Bu haqda "TalkSPORT" xabar bermoqda.
Futbolchilarga etkazilgan zarar miqdori va ularning tiklanish muddati nomalum. Avvalroq Daniya terma jamoasi futbolchilari Rasmus Xoylund va Kristian Eriksen jarohat olishgandi. Ikkinchisining jarohati og'ir – u uzoq muddatga safdan chiqqan.
"Manchester Yunayted" xalqaro tanaffusdan keyingi ilk o'yinini 26 noyabr kuni safarda "Everton"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar