Myuller: "Volfsburg" ustidan qozonilgan g'alaba, "Bavariya"ga chempionlikni taminlamaydi"
29 jan 2015 15:13
Yangiliklar


Myuller: "Volfsburg" ustidan qozonilgan g'alaba, "Bavariya"ga chempionlikni taminlamaydi"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller takidlashicha, "Volfsburg"ga qarshi Bundesliganing 18-tur uchrashuvida mamlakat chempionligi hal bo'lmaydi.
"Agar "Bavariya" g'alaba qozonsa, taqibchidan ancha uzoqlashib ketamiz. Ammo bu chempion bo'lganimizni bildirmaydi" - deydi Myuller.
Eslatib o'tamiz, Bundesliganing 17 turidan so'ng "Bavariya" 45 ochko ishlab birinchi o'rinni egallab turibdi, "Volfsburg"da esa 34 ochko bor. "Bavariya" - "Volfsburg" uchrashuvi 30 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar