Myuller nimadan norozi?
09 iyu 2016 23:30
Yangiliklar
Myuller nimadan norozi?
Germaniya terma jamoasi etakchisi Tomas Myullerga Evropa chempionatida guruhdan uchta jamoa keyingi bosqichga yo'l olishi yoqmayapti.
"Jahon chempioni bo'lishdan ko'ra Evropa chempionatida zafar quchish osonroq, degan fikrga qo'shilmayman. Jahon chempionatida ham evropaning eng yaxshi jamoalari ishtirok etishgandi. SHuningdek, Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Osiyoning eng kuchli terma jamoalari ham Jahon chempionatida qatnashishadi. Jahon chempioni bo'lish qiyin. Evropa chempionati sifati biroz pastroq. Guruhdan uch jamoa keyingi bosqichga chiqishi ham bunga o'z tasirini o'tkazadi. Bunday holat meni xursand qilmadi. Ha, muxlislar uchun o'yinlar soni ko'paygandir. Agarda men ham muxlis sifatida qaraganimda bundan xursand bo'lardim. Lekin bu narsa turnir imijiga putur etkazishi mumkin", - deydi Myuller.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar